«Mening ma’lumotlarimga köra, bu jarayon allaqaçon yakunlangan, ya’ni bu birinçi qismning topşirilişi. Albatta, kelgusida ehtimoliy yordam va qöllab-quvvatlov haqida hali gaplaşamiz», - dedi Pşidaç.
Varşava aynan neçta samolyot yuborganiga aniqlik kiritilmagan.
Avvalroq Slovakiya ukrainalik harbiylarga dastlabki törtta MiG-29 qiruvçi samolyotini yuborgandi. Bu haqda Slovakiya mudofaa vaziri Yaroslav Nad ma’lum qildi.
Uning sözlariga köra, transportirovka ukrainlik uçuvçilar tomonidan amalga oşirilgan. Samolyotlar Ukraina hududiga yetib borgan.
«Qolgan samolyotlar Ukrainaga yaqin haftalar içida yetkazib beriladi», — deya qöşimça qilgan Nad va xavfsizlik yuzasidan boşqa tafsilotlarni oçiqlamasligini bildirgan.
Slovakiya Ukraina qurolli kuçlariga jami 13 ta qiruvçi samolyot yetkazib berişni rejalaştirgan.


















