«Tinçlik yöq. Duşman aviatsiyasi, afsuski, işlamoqda va keça bir neça bor xabarlarda aytilgan ediki, ular önlab kilometrlar, taxminan 70 kilometrgaça uça oladigan maxsus bombalardan foydalana boşladi. Duşman kuniga 10-15 tadan 20 tagaça bombani bizning havo mudofaa tizimimizning kiriş imkoni deyarli yöq bölgan hududlarga Su-35, Su-34 samolyotlaridan taşlamoqda, bu demarkatsiya çiziği böylab röy beryapti», dedi Ignat. 

Uning sözlariga köra, bu Ukraina uçun yangi tahdid bölib, unga zudlik bilan javob beriş kerak, ammo hozirça buning oldini oladigan heç narsa yöq. 

«Bu samolyotlarni çegaralarimizdan uzoqlaştiriş uçun bizga Patriot kabi uzoq masofali uçuvçi tizimlar va havo mudofaa tizimlari kerak. Albatta, bizga uzoq masofalarda «havo-havo» raketalarini işlata oladigan qiruvçilar ham kelişi lozim», - deya ta’kidlab ötdi Ignat.

Bundan oldin Daniya va Norvegiya Mudofaa vazirliklari birgalikda Ukrainaga 8000 dona 155 millimetrli artilleriya snaryadlarini topşirişga kelişib olgandi.

Qayd etilişiça, ikki davlat tomonidan işlab çiqarilgan butlovçi qismlardan öq-dorilarni yiğiş keyinçalik Ukraina tomoniga ötkaziş uçun Daniyada amalga oşiriladi. 

Snaryadlarni işlab çiqariş va yetkazib beriş muddati körsatilmagan. Ammo, öq-dorilar CAESAR öziyurar artilleriya moslamalari (ÖAM) uçun mos keladi, uni Ukrainaga beğaraz tarzda yetkazib beriş Daniya parlamenti tomonidan yil boşida ma’qullangan.