2023 yilning mart oyida iste’mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar örtaça 1 foizga qimmatlaşib, yillik inflatsiya darajasi 11,7 foizga yetdi. Oziq-ovqat mahsulotlari sektoridagi inflatsiya esa 14,6 foizni taşkil qilmoqda.

Ötgan oyda narxlar va tariflar ösişida yetakçi örinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, oy davomida ularning narxlari örtaça 1,6 foizga (taqqoslaş uçun fevral oyida oziq-ovqat inflatsiyasi 0,7 bölgan) oşgan. Kun.uz Statistika agentligi ma’lumotlari asosida narxlar özgarişini tahlil qilib çiqdi.

Alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari

Ötgan 12 oy davomida kungaboqar yoği 2,7 foizga qimmatlaşgan. Şunday bölsa-da, mart oyida kungaboqar yoği 1,2 foizga, yil boşidan buyon esa 3,1 foizga arzonlagan.

Şakar narxi esa yillik nisbatda olinganda 31,1 foizga, 2022 yilning dekabr oyiga nisbatan 4,4 foizga, joriy yilning mart oyida esa 4,7 foizga qimmatlaşgan.

Yana bir asosiy iste’mol tovarlari hisoblangan suyakli mol göşti yillik nisbatda 11 foizga, qöy göşti 10,4 foizga qimmatlaşgan.

Ötgan yilning mart oyidan beri tuxum 32,5 foizga, sut narxi esa 18,3 foizga kötarilgan. Bu körsatkiçni 2022 yilning dekabr oyi bilan soliştirsak, tuxum narxi 0,5 foizga arzonlaşgan. Sut narxi 4,9 foizga qimmatlaşgan.

Yillik nisbatda guruç narxi 35,7 foizga, buğdoy uni esa 35,1 foizga oşgan. Mart oyining özida guruç 2 foizga qimmatlaşgan.

Alohida turdagi asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan: şakar, tuxum, sut, guruç va buğdoy uni narxlarining oşişi yillik inflatsiya darajasi – 11,7 foizdan baland şakllangan.