Oliy sud matbuot xizmati Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida 52 yoşli erkak 13 yaşar mehribonlik uyi tarbiyalanuvçisini zörlab, homilador qilib qöygani aytilgan xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarda erkak 8 nafar tarbiyalanuvçini asrab olib, ulardan biri — 13 yoşli qizni homilador qilgani va bolani majburan tuşirgani, biroq sud hali ötkazilmagani aytiladi. Oliy sud holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilganini ma’lum qildi.

Jinoyat kodeksining 129-moddasi (Ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) 2-qismi va 118-moddasi (Nomusga tegiş) 3-qismi «a» bandida nazarda tutilayotgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan K.T. (1971 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan)ga oid jinoyat işini körib çiqiş jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tumani sudida 7 aprel kuni boşlanadi.

Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (Sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq mazkur jinoyat işi yopiq sud majlisida körib çiqiladi.