Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi 9-maktabga oid videolavha tarqaldi. Unda maktab direktori yiğiliş ötkazib, har bir öqituvçi “Taşabbusli budjet”da 50 tadan ovoz töplaşi kerakligini uqtirgan.

“Agar 100 ta öqituvçi 50 tadan ovoz töplasak, 5 mingta bölişimiz kerak edi. Lekin biz 12 mln sömga sim-karta sotib oldik. Bugun ham 2 mln söm pul tayyorlab ötiribmiz, har bir sim-kartani 20 ming sömdan sotib olyapmiz.

4-5 ta maktab mingtalab sim-karta olib, qarab ötiribdi. Agar men yutolmasam, hammangning qoningni içaman, millionlab oyligingni qöyasan. Hozir mudir hamma narsani inobatga olib, bu yerda jamoa ötirgani uçun indamay ketdi. Naryoqda eşitmagan gapim qolmadi.

Olsam oldim, agar olmasam, bittalab hisob-kitob qilaman. Ana öşanda körasan, darsni qanday qilib olasan va senga munosabat qanday böladi”, – deya öqituvçilarga bosim ötkazgan maktab direktori.

Maktabning taşabbusi – kuçli kompyuterlar, elektron doska, zamonaviy parta va stollar hamda xonalar uçun 3D dekoratsiyani öz içiga oladi.

Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi videolavhadagi ovoz haqiqatdan ham Navbahor tumanidagi 9-umumiy örta ta’lim maktabi direktori D.Turobovaga tegişli ekanini tasdiqladi.

Ma’lum qilinişiça, direktorga nisbatan “iş beruvçining tegişli buyruğiga asosan belgilangan tartibda intizomiy jazo çorasi qöllanilgan”. Aynan qanaqa jazo ekaniga oydinlik kiritilmadi.

“Şuningdek, hozirda mazkur holat vakolatli organlar tomonidan maktab direktori D.Turobovaning hatti-harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari bor-yöqligi örganilmoqda. Uşbu holat yuqori turuvçi va vakolatli organlar tomonidan nazoratga olingan bölib, örganiş yakunlari böyiça qöşimça xabar beriladi”, – deyiladi rasmiy axborotda.

Viloyat MMTB ta’lim muassasalarida sodir etilayotgan turli holatlarga befarq bölmagan ota-onalar hamda jamoatçilik vakillariga minnatdorçilik bildirgan. Boşqarma kelgusida ham doimiy hamkorlik işlarini olib borişga tayyorligi ta’kidlangan.