Kun.uz mehribonlik uyida tarbiyalangan qizlarga nisbatan sodir etilgan va jamoatçilikdan sir tutilgan jinoyat işi tafsilotlarini örganişda davom etmoqda. Biz Urganç şahrida bölib, voqealardan bevosita xabardor şaxslar bilan uçraşdik.
Hozirga qadar mehribonlik uyi mudirasi öz qaramoğidagi voyaga yetmagan qizlarni 10 oy davomida ikki nafar davlat amaldori bilan köngilxuşlik qilişga majburlab kelgani ma’lum edi. Örganişlarimizga köra, himoyasiz qizlarning boşiga tuşgan körgiliklar faqat şular emas. Mudiraning bundan boşqa qator “hunar”lari ham bölgan ekanki, buni eşitib, odamning aqli şoşişi turgan gap. Taxminimizça, uşbu holatlarga na tergov organi, na sud tomonidan huquqiy baho berilgan.
Qizlar qanday qilib Yulduz Xudoyberganova tomonidan oçilgan oilaviy mehribonlik uyiga borib qolişgan? Ma’lum bölişiça, Xivadagi bolalar uyi yopilgaç, u yerdagi tarbiyalanuvlar boşqa mehribonlik uylari, xususan, oilaviy bolalar uylariga taqsimlangan. Jumladan, Yulduz Xudoyberganova rahbarlik qilgan Urganç şahridagi 1-sonli mehribonlik uyida jinsiy tajovuz qurboni bölgan uç nafar qizdan taşqari boşqa qiz va öğil bolalar ham tarbiyalangan, ular eng yaqin maktabga öqişga qabul qilingan. Qizlar tahsil olgan maktab direktori Farhod Rahmonov bu haqda şunday hikoya qiladi.

“Viloyat xalq ta’limi boşqarmasi buyruği bilan bizning maktabga kelgan edi bu qizlar. 9 yoki 11 nafar edilar, adaşmasam. Xivadagi bolalar uyi yopilgaç, Urganç şahridagi Yangi hayot mahallasida 1-sonli oilaviy mehribonlik uyi oçilgandi. Bolalarni qaramoğiga olgan ayolning ismi Yulduz edi. 10-11-sinf qizlari ham, boşlanğiç sinflarda öqiydigan qizlar, öğil bolalari ham bor edi.
Taxminan bir oydan keyin öqişga kelmay qolişdi. Psixolog va boşqalarga topşiriq berdim örganib çiqiş haqida. Qarovçi ayolning aytişiça, kasal bölgan ekan. Lekin biz şubhalandik, çunki xodimlarimiz borgan paytda kasal bölgani haqida belgilar yöq edi”, deydi Farhod Rahmonov.




















