69 yoşda bölgan kiçik Kennedi - öldirilgan senator Robert F. Kennedining öğli, suiqasd qurboniga aylangan prezident Jon F. Kennedining jiyani hisoblanadi.

Prezidentlikka nomzodning hujjatlari röyxatga olinganini uning saylov kampaniyasi vakili Jon Sallivan tasdiqlagan.

Kennedi - ma’lumoti böyiça huquqşunos - atrof muhit himoyaçisi va vaksinatsiyaga qarşiligi bilan ma’lum. 2021 yilda Instagram ma’muriyati uning akkauntini öçirib yuborgandi, bu u yerda «bir neça bor yolğon ma’lumot joylaştirilgani» bilan izohlangandi.

Prezidentlikka nomzodni tanlaş uçun Demokratik va Respublikaçilar partiyalari öç içki saylovlarini (praymeriz) ötkazişadi. Kennedi - demokratlar nomzodlari orasida yangi figura va uning imkoniyatlari unçalik yuqori baholanmayapti.

AQŞ prezidenti Jo Bayden bir neça bor ikkinçi muhlatga nomzodini qöyişi haqida gapirgan, ammo hozirça öz nomzodini rasman ilgari surmadi.

Avvaliga u saylovoldi poygasini aprel oyida boşlaşi taxmin qilingandi, ammo, uning yordamçisining sözlariga köra, kampaniyani boşlaş keyinga qoldirilgan.

Kiçik Robert F. Kennedi va uning rafiqasi Şeril Hayns

CBS News telekanali xabar qilişiça, Bayden katta ehtimol bilan öz nomzodini yoz boşida rasman e’lon qiladi.

Mart oyida prezidentlik poygasiga demokratlardan yana bir nomzod - yozuvçi Marianna Uilyamson qöşilgandi. Uning uçun bu Oq uyga kirişga bölgan ikkinçi urinişdir: 2019-2020 yillarda u demokratlar praymerizida qatnaşiş uçun röyxatdan ötgandi, ammo yakunda Berni Sandersning nomzodini qöllab-quvvatlaşga qaror qilgandi.

Mart oyida kiçik Kennedi ham 2024 yilgi saylovlarda iştirok etişi mumkinligini aytib, tvitterdagi sahifasida öz saylovoldi dasturini qisqaça bayon qilgandi.

«Agar men nomzod bölsam, bu faqat bitta maqsad uçun böladi - davlat hokimiyatining xususiy korporatsiyalar bilan korrupsion birlaşuviga barhma beriş uçun. Çunki bu bizning iqtisodiyotimizni buzadi, örta sinfni yöq qiladi, atrof muhitni ifloslantiradi, bolalarimizni zaharlaydi va bizni erkinliklarimizdan mahrum etadi hamda qadriyatlarimizga tahdid soladi», deb yozgandi u.

Nyu-Hempşirda öz tarafdorlari bilan uçraşuvda Kennedi «eng katta tösiqni yengib ötişga muvaffaq bölgani»ni aytdi - rafiqasi saylovlarda iştirok etişiga rozilik bildirgan.