2022 yilning kuzida ukrainalik harbiylar Rossiya qöşinlari tomonidan bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasini ozod qilişga uringan, ammo muvaffaqiyatsizlikka uçragan. Bu haqda Britaniyaning The Times gazetasi 7 aprel, juma kuni xabar berdi. 

Kiyev Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasiga bostirib kirişga urinişni rasman tan olmadi, biroq Ukraina maxsus kuçlari, harbiy razvedka va dengiz kuçlari vakillari anonimlik şarti bilan naşr jurnalistlariga operatsiya tafsilotlarini aytib berişdi. Öşanda Rossiya qöşinlari Dniproning boşqa qirğoğidagi Ukraina şaharlarini va Nikopoldagi yirik pölat zavodini öqqa tutiş uçun uning hududidan foydalanib, elektr stansiyasini olti oydan köproq vaqt davomida uşlab turgan edi, deb yozadi The Times. 
 
The Times naşrining yozişiça, 2022 yil 19 oktyabrga ötar keçasi 600 ga yaqin ukrainalik harbiylar oğir pulemyotlar, MK-19 granatalari va tankka qarşi qurollar bilan 30 ta qayiqda Dniproning stansiya joylaşgan çap qirğoğiga borişga uringan. Maxsus kuçlar katerlari Dniproni kesib ötayotganda, Ukraina harbiylari rossiyaliklar pozitsiyalariga, jumladan, HIMARS raketa tizimlari yordamida öq uzişni boşladi. 

«Jangda faqat piyodalar qatnaşişi mumkin, degan fikr bor edi. Ular bizga qarşi artilleriyadan foydalana olmaydi, çunki bu atom elektr stansiyasi», - deya operatsiyada qatnaşgan harbiylardan birining sözlaridan iqtibos keltiradi gazeta. Biroq, unga köra, Rossiya qöşinlari «juda ziç mudofaa çiziğida bölgan, hamma narsani minalaştirgan». «Biz yaqinlaşa boşlaganimizda ular hatto tanklar va artilleriyadan töğridan töğri suv ustida bizga qarata öq otişni boşladi», deydi ukrainalik harbiylar. «Oxir-oqibat, hujumçilarning kiçik guruhi qirğoqqa yetib olişga muvaffaq böldi. Ular Energodar çekkasida rus armiyasi bilan uç soatlik otişmada böldi, biroq keyin çekinişga majbur böldi», deb yozadi The Times. 

Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, radiatsiya sizib çiqişi xavfi tufayli hujum qilişga bunday uriniş hatto Zaporijjya atom elektr stansiyasini Kiyev nazoratiga qaytariş zarurligiga işonçi komil bölgan Ukraina rasmiylarida ham xavotir tuğdirgan.