Toşkent şahar fuqarolik işlari böyiça Uçtepa tumanlararo sudi raisi Mansur Imomov işdan olingan. Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, uning işdan böşatilişi mazkur sud ayrim xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga boğliq bölişi mumkin.

Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov sud raisi lavozimidan olinganini tasdiqladi, şu bilan birga, “sudning ayrim xodimlari”ga oid gaplar şunçaki miş-miş ekanini aytdi.

Unga köra, Mansur Imomov Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzgani uçun lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan.