Prezident Şavkat Mirziyoyev «Taşabbusli budjetlaştiriş amaliyotini yanada takomillaştiriş hamda faol mahallalarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Qarorda tizimga oid bir qator vazifa hamda qoidalar belgilandi. Jumladan:

  • 2 mingdan ortiq ovoz töplagan, lekin ğolib bölmagan 1 309 ta loyiha uçun ham qöşimça ravişda 1,3 trln söm mablağ ajratiladi;
  • 2023 yil 1-mavsumda ğolib deb topilgan 2 975 ta loyihaning öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişi qat’iy nazoratga olinadi.

Bunda:

— jihozlaş böyiça loyihalarni amalga oşiriş sönggi muddati etib joriy yilning iyul oyi;

— quriliş va ta’mirlaş işlari böyiça loyihalarni amalga oşiriş sönggi muddati etib avgust oyi belgilanadi;

  • taşabbusli budjetlaştiriş jarayonlari doirasida budjet taşkilotlarining rahbar xodimlari tomonidan majburiy ovoz yiğiş böyiça xodimlarga topşiriq berişlari taqiqlanadi. Bunda, majburiy ovoz yiğişga majburlaş tegişli taşkilot xodimlarini majburiy mehnatga jalb qiliş sifatida tasniflanadi;
  • taşabbusli budjet jarayonida ovoz töplaş va ğoliblarni aniqlaş mexanizmini tanqidiy körib çiqiş, jumladan keng jamoatçilik bilan muhokama qilgan holda takliflar işlab çiqişni nazarda tutuvçi çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Eslatib ötamiz, 2023 yilga kelib ayrim joylarda Taşabbusli budjet loyihasini obrösizlantirişi mumkin bölgan holatlar kuzatildi. Jumladan, Toşkent viloyati Oqqörğon tumanidagi maktablardan birida öquvçilar dars tugamay, ustozlari tomonidan sim-kartaga pul olib keliş uçun uyiga jönatilgandi. Bu sim-kartalardan Taşabbusli budjet doirasida ovoz beriş uçun foydalaniş möljallangandi. 

Şuningdek, Navoiy viloyati Xatirçi tumanidagi maktabda öquvçilar dars paytida quyoş paneli uçun ovoz yiğişga jalb etildi.

Navoiy viloyatining Navbahor tumanidagi maktablardan birining öqituvçisi esa Taşabbusli budjetda ovoz töplaş böyiça “plan” qöygani ma’lum böldi.