11 aprelga ötar keçasi Kamçatkada Şiveluç vulqoni uyğonişi boşlandi. Vulqon kuli atrofdagi aholi yaşaş manzillari ustiga yopirildi.

Kul 20 kilometr balandlikka kötarilgan - bu Şiveluçni kuzatiş tarixidagi eng yuqori balandlik. Natijada vulqonga yaqin hududlarda aviatsiya xavfsizligi bilan boğliq qizil rejim e’lon qilingan. 

«Kul buluti Şiveluçdan 500 kilometr şimoli-ğarbga tarqalgan va tarqalişda davom etmoqda. Ust-Kamçatskiy rayonining Klyuçi va Kozirevsk posyolkalariga kul yoğişi kuçayib bormoqda», degan Rossiya fanlar akademiyasi Uzoq Şarq bölimi vulqonşunoslik va seysmologiya instituti direktori Aleksey Ozerov.

Kozirevsk posyolkasiga kul yoğişi oqibatlari

Uning sözlariga köra, Klyuçi - Ust-Kamçatsk yöli hududida loy oqimi xavfi saqlanib qolmoqda.

Klyuçi posyolkasini ham vulqon kuli qatlami qoplagan

Noqulay ob-havo şaroiti (qor va qorböronlar) tufayli Şiveluç vulqonining videokuzatuvini olib boriş murakkablaşgan.

Vulqon kuli 20 kilometrgaça yuqoriga otilmoqda
Foto: DMITRY LEVIN/TASS

11 aprel kuni kul va qor yoğişi oqibatida ikkita aholi yaşaş punkti - Kozirevsk posyolkasi va Mayskoye qişloği elektr ta’minotisiz qolgan.

FVV xabariga köra, boşqa hududlarda, jumladan ölka markazi hisoblangan Petropavlovsk-Kamçatskda ham kul yoğişi ehtimoli istisno qilinmaydi.

«Şamol yönalişi özgarişi munosabati bilan Bistrinskiy, Milkovskiy, Tigilskiy, Yelizovskiy rayonlari va Petropavlovsk-Kamçatsk hududiga vulqon kuli tuşişi ehtimoli istisno etilmaydi», deyilgan FVVning mintaqaviy boşqarmasi xabarida.