Qoraqalpoğistonning Xöjayli tumanidagi 41-maktabda boşlanğiç sinf öquvçilariga berilgan şirinlikning içidan qum çiqdi. Ijtimoiy tarmoqlarda maktab öqituvçisi Bagdagul Bekbosinovaning murojaati tarqaldi.

Uning sözlariga köra, Qoraqalpoğiston va Xorazmda boşlanğiç sinf öquvçilariga berilayotgan bepul yeguliklarning “sifati judayam qoniqarsiz”.

“Şu kungaça berilgan mahsulotlar böyiça qator kamçiliklarni maktab rahbariyatiga aytib kelganman. Olmalari yuvilmagan, çirigan... Keks içidan qizlar soçiga taqadigan “nevidimka”, un qopini tikadigan ip çiqqan kunlar ham bölgan. Lekin 7 aprel 2023 yil 2-“B” sinf öquvçimning konfetidan qum aralaş tuproq çiqdi. Qiz beçora yarmini yegan. Konfet öralgan qoğozini közdan ötkazsam, işlab çiqaruvçi haqida heç nima yozilmagan.

Bunday mahsulotlarni berib, bolalarning soğligiga zarar yetkazib, berganidan bermagani yaxşi emasmi?

Kelajagimiz bölgan bolalar soğligi barça uçun muhim.

Tegişli javobgar şaxslar bunday sifatsiz mahsulotni olib kelib bolalarga tarqatgani uçun javob berişini sörab qolaman. Har bir öquvçi uçun kuniga neça söm sarflanadi? Berilayotgan mahsulotlar şu pulga arziydimi?” – deydi muallima 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan murojaatida.

Murojaatga çirigan olmaning rasmi, şuningdek, yeguliklar içidan soçga taqiladigan töğnoğiç va qum çiqqani aks etgan surat va videolar ilova qilingan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 10 aprel kuni holatni tasdiqladi.

Ma’lum qilinişiça, holat böyiça Xöjayli tumani XTB tomonidan örganiş işlari ötkazilgan. Bu tumandagi 41-maktabda 961 nafar öquvçi öqiydi, şundan 388 nafari – boşlanğiç sinf öquvçilari. Ularga oziq-ovqat mahsulotlarini 2022 yil 10 oktyabrdan beri “Bekbergen Servis Orayi” MÇJ yetkazib bermoqda.

Örganişda aniqlanişiça, uşbu korxona tomonidan 2023 yil 7 aprel kuni 41-maktabdagi 388 nafar boşlanğiç sinf öquvçisi uçun tasdiqlangan taomnoma (menyu) asosida yonğoqli keks, “STeL” şokoladi, olma, şirin çoy yetkazib berilgan. Keltirilgan yeguliklar soat 9:45 da maxsus komissiyaning 5 nafar a’zosi tomonidan qabul qilib olingan.