Oçilişida Şarof Raşidov iştirok etgan mazkur ta’lim muassasasi Toşkent şahridagi eng katta maktablardan biri hisoblanadi. Jurnalist öz sözida bu ta’lim dargohi u uçun juda qadrli ekanini ta’kidlab ötdi.
“Men mana şu mahallada katta bölganman, 1982 yilda şu maktabning 1-sinfiga öqişga kelganman. Hozir maktabimni, sinf xonalarni aylanib çiqdim. Avvalgi sinf xonalari bilan hozirgilarining farqi katta.
Kasbim taqozosi bilan juda köp xorijiy davlatlarda bölaman. Qayerga borsam u yerdagi narsalarni özimizniki bilan taqqoslayman. Nega rivojlangan davlatlarda bunaqa, bizda esa unaqa, nega bularning yöllari zör, bizniki unçalik emas, degan savollar öylantiradi. Va har doim özimning savolimga özim javob topaman. Çunki bizlar köp yillar mobaynida maktab ta’limiga e’tibor qilmadik: viloyatlarda öqituvçilar, öquvçilar paxta dalasida böldi. Öşa muammolarning aks-sadosini mana bugungi kunda ham köryapmiz. Hozir endi ta’lim rivojlanyapti, e’tibor qaratilyapti.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 50-moddasi haqida töxtalib ötsam. Mazkur moddada har bir fuqaro ta’lim oliş huquqiga egaligi belgilab qöyilgan. Bu amaldagi Konstitutsiyada ham bor. Lekin yangi tahrirdagi Konstitutsiyada davlat uzluksiz ta’lim tizimi rivojlanişini ta’minlaşi belgilab qöyilmoqda. Bu nima degani? Ta’lim faqat maktab degani emas. Ta’lim aslida boğçadan boşlanadi. Bizda aynan şundan boşlab rivojlaniş ketyapti. Masalan, avvallari respublikada 5 mingta boğça bölgan bölsa, hozirda ular soni 29 mingta böldi. 2030 yilga borib, bolalarning boğçaga qamrovi 80 foizdan oşiriladi. Buning uçun bizlarga Konstitutsiyaning 50-moddasiga kiritilayotgan özgarişlar kerak.
Meni juda xursand qiladigan yana bir narsa şuki, yangi darsliklar yaratildi. Bu yangi avlod darsliklari aynan mana şu bizning maktabda sinovdan ötkazildi. Bu men uçun faxr”, — dedi Gulnoza Husanova.
Jurnalist referendumda iştirok etiş orqali yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgarişlarni qöllab-quvvatlaşini bildirdi hamda jamoatçilikni ham konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bölmaslikka çaqirdi.












