Xalq deputatlari Şofirkon tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov iştirok etdi.
Botir Zaripov Jamşid Şaropovni salomatligi bilan boğliq muammolar tufayli öz arizasiga binoan Şofirkon tumani hokimi lavozimidan ozod etiş töğrisidagi qarorni öqib eşittirdi. Uşbu masala ovozga qöyilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.

Sessiyada Davlat soliq qömitasi moliya-iqtisod boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelgan Alişer Fayzilloyevni Şofirkon tumani hokimi etib tayinlaş töğrisida viloyat hokimi qarori qabul qilingani deputatlarga ma’lum qilindi.
Alişer Fayzilloyev 1979 yilda Buxoro tumanida tuğilgan. 2003 yilda Toşkent moliya instituti tamomlagan. Mutaxassisligi —moliya.
U mehnat faoliyati davomida Moliya vazirligi Davlat budjeti boş boşqarmasi boş iqtisodçisi, Toşkent şahar Çilonzor va Sergeli tumanlari moliya bölimi mudiri, Transport vazirligi Iqtisodiyot va tarif-narx siyosati boşqarmasi boşliği örinbosari, Transport vazirligi Moliya-iqtisod boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.
Alişer Fayzilloyev ayni vaqtga qadar Davlat soliq qömitasi Moliya-iqtisod boşqarmasi boşliği lavozimida işlab kelayotgan edi.
- Jamşid Şaropov Şofirkon tumaniga 2021 yil dekabridan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.

















