Voqea 24 noyabr kuni Uçtepa tumanining 22-mavzesidagi köp qavatli uylar oldida sodir bölgan. Toşkent şahar IIBBga köra, 2000 yilda tuğilgan ayol eri bilan örtalarida yuzaga kelgan oilaviy kelişmovçilik sababli 1 nafar farzandini turmuş örtoğida qoldirib Toşkent şahriga ketib qolgan.

Erkak otasi bilan birga ayolini qidirib topadi hamda uni Tracker rusumli maşinaga majburlab ötkazib, Qaşqadaryo viloyati Koson tumanidagi uyiga olib ketadi.

Rasmiy xabarda holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB bilan hamkorlikda tergovga qadar tekşiruv ötkazilayotgani tekşiruv yakuni böyiça aybdor şaxslarga qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanişi aytilgandi.

Xabarga ayol turmuş örtoği va farzandi bilan birga tuşgan surat ilova qilingan.

Foto: Toşkent şahar IIBB

Ayolning olib qoçilişi aks etgan video “Sukut saqlama” (Nemolchi.uz) loyihasi tomonidan e’lon qilingandi.

Içki işlar vazirining matbuot kotibi Şohrux Ğiyosovning Kun.uz söroviga javoban ma’lum qilişiça, uşbu holat yuzasidan 2022 yilning 24 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 137-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari vaqtida jabrlanuvçi sud tibbiy ekspertizadan ötkazilgan.

Sudga oid tibbiyot ekspertizasining xulosasiga köra, ayolning tanasida tan jarohatlari 6 kundan ortiq bölmagan, ozgina, tez ötib ketuvçi oqibatli bölib, yengil tan jarohatlari turkumiga kirişi aniqlangan.

Tergov davomida jabrlanuvçi turmuş örtoği va qaynotasi bilan yuzlaştirilgan. Dastlabki tergov harakatlari vaqtida erkaklarning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas deb topilgan va jinoyat işi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan harakatdan tugatilgan.

Ammo turmuş örtoğini sudrab maşinasiga majburan joylagan erkakning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 52-moddasida, ya’ni “soğliqning qisqa muddat yomonlaşuvi”da körsatib ötilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi aniqlangan va 2022 yilning 18 dekabr kuni erkak sud tomonidan 1,2 mln söm miqdorida jarimaga tortilgan.