Vazirlar Mahkamasining “Davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy şeriklik asosida Toşkent şahrida köp qavatli avtoturargohlarni quriş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Nizom davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy şeriklik asosida Toşkent şahrida köp qavatli avtoturargohlarni quriş va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik sub’yektlariga avtoturargoh profilini özgartirmaslik şarti bilan sotiş tartibini belgilaydi.
Toşkent şahri hududida avtoturargohlar qurilişiga yer uçastkalari quyidagi mezonlarga muvofiq tanlanadi:
a) şaharga avtomototransportning asosiy kirib keliş avtomagistrallarga;
kun davomida aholi gavjum böladigan savdo, sport, dam oliş va köngiloçar majmualariga hamda oliy ta’lim muassasalariga;
aholi uçun iş örinlari köp miqdorda konsentratsiyalaşgan işlab çiqariş obektlariga;
aholi uçun çiqib ketişga möljallangan aeroportlar, temiryöl vokzallari, avtovokzallar va şahardan taşqaridagi manzillarga eltuvçi taksi turargohlariga yaqin bölişi;
b) avtoturargohlar joylaştirilişi yöl harakati xavfsizligiga zid bölmasligi.
Avtoturargohlar tanlangan yer uçastkalarida şaharsozlik, yonğin xavfsizligi, ekologiya va sanitariya-gigiyena talablariga muvofiq joylaştiriladi.
Avtoturargohlar qurilişi uçun böş yer uçastkalari nazarda tutilgan hududlarda Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Quriliş vazirligi, Içki işlar vazirligi hududiy organlari, “ToşkentboşplanLITI” DUK hamda Toşkent şahar hokimligi vakillaridan iborat işçi guruh tomonidan joyiga çiqqan holda aniqlanadi.
Avtoturargohlar qurilişi uçun aniqlangan böş yer uçastkalarida “ToşkentboşplanLITI” DUK Toşkent şahar Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi boş boşqarmasi bilan birgalikda joylaştiriş plani tayyorlanadi va YERELEKTRON avtomatlaştirilgan axborot tizimi orqali Kadastr agentligiga yuboriladi.
Avtoturargohlar qurilişi uçun aniqlangan böş yer uçastkalari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan Yer uçastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uçun doimiy foydalanişga ajratişning ma’muriy reglamentda belgilangan tartibda avtoturargohlar qurilişi uçun belgilangan vakolatli taşkilotga ajratiladi.

















