Armaniston poytaxti Yerevan şahrida oğir atletika böyiça Yevropa çempionatining oçiliş marosimida rasmiy akkreditatsiyadan ötgan şaxslardan biri tomoşabinlar olqişi ostida Ozarboyjon bayroğini yoqib yubordi. U darhol uşlanib, politsiya bölimiga olib ketilgan, ammo keyinçalik javobgarlikka tortilmasdan qöyib yuborilgan.

Şu sababli Ozarboyjon öz sportçilarini Yerevandan qaytarişga qaror qildi.

«Vahşiylik Armaniston boş vaziri iştirok etgan va arman jamoatçiligi vakillarining qarsaklari ostida ötkazilgan marosimda sodir etildi. Provokatsiyani sodir etgan şaxsni qahramon sifatida körsatiş etnik adovat va ksenofobiya, Ozarboyjonofobiyaning yorqin namunasidir. Bunday xatti-harakatlar sportning xalqlar örtasida tinçlik va hamjihatlikka xizmat qiluvçi maqsad va tamoyillariga mutlaqo ziddir. Sportni siyosiylaştirişga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi», deyiladi Ozarboyjon Yoşlar va sport vazirligi bilan Ozarboyjon Milliy olimpiya qömitasining qöşma bayonotida.

Ozarboyjon Taşqi işlar vazirligi ham uşbu hodisani qoralab, Armaniston rasmiylari tadbir taşkilotçisi sifatida voqealar rivojining öz vaqtida oldini olişi va tegişli xavfsizlik çoralarini körişi kerakligini ta’kidladi.

«Uşbu harakatni sodir etgan şaxs dastlab hibsga olingan bölsada, uning gulduros qarsaklar ostida qöyib yuborilişi katta taşviş uyğotadi. Armaniston tomoni etnik adovat asosida jinoyat sodir etgan şaxsni javobgarlikka tortişi kerak», deyiladi bayonotda.

Şuningdek, Ozarboyjon Yevropa oğir atletika federatsiyasini Armanistonga qarşi sanksiya qöllaşga çaqirdi.