Tarixda turli aviahalokatlar sababli baland osmondan qulab tirik qolgan odamlar ham bor. Jumladan, 1971 yilda germaniyalik Yuliana Kepke samolyot halokatga uçragandan söng uç ming metr balandlikdan qulab tuşib tirik qoladi.

1972 yilda sodir bölgan aviahalokatdan söng yugoslaviyalik Vesna Vuloviç ön ming metrdan, 1981 yilda SSSRda sodir bölgan aviahalokatdan söng Larisa Savitskaya beş ming metrdan qulab tirik qolişadi.

Şu bilan birga teskarisi, paraşyut yoki paraplan sporti bilan şuğullanuvçi sportçilarni kuçli şamol baland osmonga olib çiqib ketgan holatlar ham bor.

Ularning ayrimlari halok bölgan, ayrimlari möjiza tufayli tirik qolgan. Germaniyalik Yeva Visniyerska ana şunday hodisaga duç kelib, möjiza tufayli tirik qolganlardan biri hisoblanadi.

Yeva Visniyerska bilan sodir bölgan hodisa

Yeva Visniyerska polyak millatiga mansub bölib, u 1971 yilda Polşaning Nayse şahrida tuğilgan. Keyinçalik Yeva Germaniyaga köçib ötgan va şu davlat fuqaroligini olgan.

Yeva ösmir yoşida paraplanda parvoz qilişga qiziqib qoladi va ulğaygaç bu sport turi bilan professional tarzda şuğullana boşlaydi.

Ayol öz faoliyati davomida paraplan sport turi böyiça bir neça bor Germaniya çempioni bölgan. Turli xalqaro musobaqalarda bir qança sovrinlarni qölga kiritgan.

«Bir paytlar paraplan sporti bilan şuğullaniş xayolimga ham kelmagan. Men nima bilan band bölişni bilmasdim. Bir marta paraplanda uçdim va u meni virusday qamrab oldi. Şundan söng bu sport turi hayotim mazmuniga aylandi. Endi paraplanda uçiş uçun har qanday qiyinçiliklarga tayyorman»,