Uning ta’kidlaşiça, Şalandin, 15-uy manzilida "favqulodda holat" röy bergan - "sapyorlar tomonidan portlovçi buyum topilgan", uni poligonda zararsizlantirişga qaror qilingan.
21 aprel oqşomida Belgorodda yaşovçi jurnalist Nikita Parmenov “şaharga yana bir snaryad tuşgani, bu katta ehtimol bilan ikkinçi bomba” ekanini, u portlamagani haqida ma’lumot berdi.
Uning sözlariga köra, voqea birinçi bomba tuşgan joydan bir köça narida, Şalandin köçasida sodir bölgan.
Belgorodning markaziy qismida 20 aprel kuni keçqurun aviabomba portlab ketdi, uni Rossiyaning Su-34 harbiy samolyoti şaharga taşlab yubordi. Rossiya Mudofaa vazirligi hodisani “aviatsiya öq-dorisining ğayritabiiy tuşişi” deb atadi.
“20 aprel kuni HKK Su-34 samolyotining Belgorod şahri uzra parvozi çoğida aviatsiya öq-dorisining ğayritabiiy tuşişi sodir böldi. Natijada turar joy binolariga şikast yetgan, jabrlanganlar yöq. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi vazirlik bayonotida. Mudofaa vazirligi boşqa tafsilotlarni oşkor qilmadi.
Avvalroq Belgorod viloyati gubernatori Vyaçeslav Gladkov özining Telegram-kanalida portlaşdan söng markaziy köçalardan birining (Vatutin – Gubkin) çorrahasida radiusi 20 metr bölgan ulkan öra hosil bölganini yozgan edi.
“Yaqin-atrofdagi turar joy binosining oynalari singan, portlaş natijasida töxtab turgan bir neçta maşina şikastlangan va elektr uzatiş liniyalari işdan çiqqan”, — deyiladi uning postida.

















