Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bir kun avval rossiyaliklar 25 kun içida birinçi marta Kiyevga yana hujum qilib, 20 aprelda jami 26 ta, 21 aprelda esa 12 ta uçuvçisiz uçoqdan foydalangan.
Ukraina harbiylari mos ravişda 21 va 8 ta dronni urib tuşirdi, deyiladi hisobotda.
Bundan oldin Janubiy mudofaa kuçlarining birlaşgan muvofiqlaştiruvçi matbuot markazi rahbari Natalya Gumenyuk Eronning kamikadze uçuvçisiz uçoqlari yangi partiyasini qabul qilib olgan Rossiya yaqindagi sukunatdan keyin Ukrainaga havo hujumlarini kuçaytirganini aytgandi.
Uning sözlariga köra, yangi belgilarga ega «Shahed-136» dronlaridan foydalaniş Mikolayiv va Odessa viloyatlarida qayd etilgan.
Gumenyukning ta’kidlaşiça, rossiyaliklar kamikadze dronlardan tinç aholi örtasida keskinlikni saqlaş, şuningdek, Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimlari va muhim infratuzilma obektlarini izlab topiş uçun foydalanmoqda.


















