Raqobat qömitasiga köra, Özbekiston aholisining yillik ehtiyojini barqaror ta’minlaş uçun zarur darajada şakar mahsuloti mavjud va heç qanday xavotirga örin yöq. Ta’kidlanişiça, şakar mahsulotini işlab çiqaruvçi va realizatsiya qiluvçi mahalliy tadbirkorlarning 2023 yildagi faoliyatida vujudga kelişi mumkin bölgan xavf-xatarlarning oldini oliş böyiça hukumat tomonidan zarur çora-tadbirlar işlab çiqilgan.
“Bugungi kunda mahalliy şakar zavodlari şakar xomaşyosini jahon birja kotirovkalariga nisbatan arzon narxlarda Braziliya davlatidan xarid qilmoqda. Xususan, 15 aprel holatiga mazkur zavodlarda 357 ming tonna şakar mahsuloti resurslari mavjud hamda arzon narxlarda xomaşyo yetkazib beriş böyiça uzoq muddatli şartnomalar imzolangan”, — deyiladi qömita xabarida.
Şundan omborda 8 ming tonna tayyor şakar va 78 ming tonna xomaşyo, iyun oyiga qadar 271 ming tonna xomaşyo yetkazib berilişi reja qilingan.
Şuningdek, içki bozorni şakar mahsuloti bilan uzluksiz ta’minlaş maqsadida mahalliy şakar işlab çiqaruvçilar tomonidan işlab çiqariş quvvatlarini modernizatsiya qiliş işlari olib borilmoqda va birinçi bosqiçida (1 mayga qadar) şakar işlab çiqariş quvvatlarini ötgan yilga nisbatan 25 foizga oşirilişi, natijada sutkasiga 2,5 ming tonnagaça şakar işlab çiqarilişi rejalaştirilgan.
Bunda yillik şakar işlab çiqariş 600 ming tonnadan 1 mln tonnagaça oşişi kutilmoqda.
Qayd etilişiça, bugungi kunda aholiga şakar 11 500 — 14 000 sömdan, ayrim olis hududlarda 12 000 — 15 000 sömgaça çakana narxlarda realizatsiya qilinmoqda.
“Respublika aholisining yillik ehtiyojini (örtaça 650 ming tonna) barqaror ta’minlaş uçun zarur darajada (1 mln tonna) şakar mahsuloti mavjud va heç qanday xavotirga örin yöq”, – deyiladi rasmiy bayonotda.
Avvalroq Özbekiston şakar iste’moli örtaça bölgan davlatlar qatoriga kirişi, özbekistonliklar yiliga örtaça 17,8 kg şakar iste’mol qilişi ma’lum qilingandi.
2022 yilning martida dunyodagi siyosiy vaziyat tufayli logistika masalasida muammolar yuzaga kelgan

















