Birinçi reyslar quyidagi yönalişlarda böladi:

  • Toşkent – ​​Termiz – Toşkent (haftasiga 2 marta);
  • Toşkent – ​​Navoiy – Toşkent (haftasiga 2 marta);
  • Toşkent – ​​Namangan – Toşkent (haftasiga 4 marta);
  • Toşkent – ​​Qarşi – Toşkent (haftasiga 4 marta);
  • Toşkent – ​​Buxoro – Urganç – Buxoro – Toşkent (haftasiga 5 marta);
  • Toşkent – ​​Samarqand – Urganç – Samarqand – Toşkent (haftasiga 7 marta).

“Bizda uçta samolyot mavjud bölsa-da, biz turoperatorlar tomonidan tavsiya etilgan qulay uçiş va keliş vaqtlarini ta’minlagan holda uçiş jadvaliga eng ommabop yönalişlarni kiritmoqdamiz. Biz nafaqat Toşkentni viloyatlar bilan, balki viloyatlarni ham özaro boğlaşga harakat qildik. Yangi samolyotlar kelişi bilan, jadvallar özgaradi va kengayadi”, – deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati xabarida.

Birinçi bosqiçda uç xil tarifdagi çiptalar taklif etilmoqda:

  • “Oddiy” tarifi: Qöl yuki 5 kg gaça (gabariti 40x30x20 sm dan oşmasligi kerak). Bagaj – yöq. Çiptani qaytariş yoki qayta rasmiylaştiriş imkoniyati – yöq.
  • “Oson” tarifi: Qöl yuki 5 kg gaça. Bagaj – yöq. Çiptani qaytariş yoki qayta rasmiylaştiriş imkoniyati – bor.
  • “Omad” tarifi: Qöl yuki 5 kg gaça. Bagaj – 20 kg gaça. Çiptani qaytariş yoki qayta rasmiylaştiriş imkoniyati – bor.

Ta’kidlanişiça, aviaçiptalar narxi 180 ming sömdan boşlanadi. Bagaj közda tutilmagan tariflarda qöşimça tölov evaziga bagaj olib ketiş imkoniyati borasida ma’lumot berilmagan.

Silk Avia Ramazon hayiti bayrami va sotuvlar boşlanişi munosabati bilan aksiya e’lon qilgan: 30 aprelgaça barça yönalişlarga istalgan tarifdagi çiptalar eng arzon “Oddiy” tarifi narxida – marşrutga qarab 17 yevrodan 35 yevrogaça sotiladi, deyiladi rasmiy xabarda.

Çiptalarni silk-avia.com