Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida 16 yoşli qiz janjal sabab binoning 3-qavatidan özini taşlagani haqida xabar tarqaldi. Boş prokuratura tomonidan holat örganib çiqildi.
Aniqlanişiça, joriy yilning 5 aprel kuni Toşkent şahri Yunusobod tumanida yaşovçi 9-sinf öquvçisi X.M. (16 yoşli qiz bola) yaşab kelayotgan uyning 3-qavatida balkon oynasini artayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib, tan jarohati olgan.
X.M.ga darhol tez tibbiy yordam körsatilib, şifoxonaga olib ketilgan. Hozirda voyaga yetmagan X.M.ning ahvoli yaxşi ekani aytiladi.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

















