Yovvoyi hayvonlarni, şu jumladan Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ovlaş uçun 2022 yilgi tasdiqlangan kvotaga muvofiq, Rossiya fuqarosi S.L.Mazurkeviçga Surxondaryo viloyatidagi ovçilik xöjaligi hududida morxör eçkisini ovlaş uçun ruxsatnoma berilgan. Bu haqda Tabiat resurslari vazirligi xabar berdi.
Şunga asosan, Mazurkeviç morxör va arxarni otib öldirgan. Bu haqdagi videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.
Qayd qilinişiça, ov tugagaç, viloyat ekologiya inspeksiyasi vakili tomonidan ovlangan hayvonga dalolatnoma tuzilgan.
Vazirlik izohiga köra, yovvoyi hayvonlarni, şu jumladan Özbekiston Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni ovlaş uçun Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti xodimlari tomonidan ötkaziladigan örganişlar asosida kvota belgilanadi. Bunda har bir turning holati va populyatsiyasi baholanadi.
Yöqolib ketiş xavfi ostida bölgan turlarga kvotalar qöyilmaydi va ov qiliş taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining qarori bilan reproduktiv ekologik maqsadlarga erişiş va ov turizmini rivojlantirişga qaratilgan uzoq muddatli loyihalarni amalga oşiriş böyiça belgilangan tartibda majburiyatlarni qabul qilgan holda, çet el fuqarolari tomonidan Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hayvonlarni ovlaşni taşkil etiş va ötkaziş uçun mas’ul vakolatli şaxs belgilandi.
Ölja oliş maqsadida ovni taşkil etiş va ötkaziş uçun olingan mablağlar yovvoyi hayvonlar populyatsiyasini muhofaza qiliş, biotexnik tadbirlarni ötkaziş va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni moliyalaştiriş, şu jumladan yovvoyi hayvonlarning noyob turlarini köpaytiriş böyiça pitomniklar quriş, mustaqil xalqaro ekspertlarni jalb qiliş, yovvoyi hayvonlarni röyxatga oliş uçun ajratiladi.

















