Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida yaşovçi fuqaro 2022 yil mart oyida oldindan taniş bölgan “Imperator” laqabi bilan tanilgan şaxsdan 2023 yil aprel oyida qaytariş şarti 3800 AQŞ dollari miqdorida qarz olgan. 

Uşbu pullarni 3600 AQŞ dollari qaytarib, qolgan 200 AQŞ dollarini qaytariş vaqtida unga muddatini ötkazib yuborilganligini sabab qilib körsatib, “köça yeçimi bilan hal etiş” bilan qörqitib, uşbu pullarga yana 1000 AQŞ dollari qöşib berişini talab qilgan. 

Çorasiz qolgan qarzdor Içki işlar organlariga murojaat qilib, uşbu şaxslarga nisbatan qonuniy çora körişlikni söragan.

Joriy yilning 17 aprel kuni, Toşkent viloyati IIBB TQX va DXX xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida muqaddam 6 marotaba sudlangan jinoiy guruh yetakçisi va uning 6 nafar a’zolari qölga olindi.

Jinoiy guruh ariza muallifidan yuqoridagi pullarni olayotgan vaqtda daliliy aşyolar bilan uşlanib 7 nafar şaxs JPKning 221-moddasi tartibida qamoqqa olingan.