Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekistonda qizamiq bilan kasallanganlar soni ortayotganligi töğrisidagi xabar tarqalgaç, holat böyiça Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qömitaga köra, 2023 yilning ötgan davri mobaynida olib borilgan epidemiologik suriştiruvlar natijasida Özbekistonda 37 nafar bemorda qizamiq kasalligi tasdiqlangan.

Ta’kidlanişiça, qizamiq kasalligi böyiça murakkab epidemik vaziyatning oldini oliş maqsadida, respublikada 2022 yilning 16 noyabr – 30 dekabr kunlari 6 oylikdan – 5 yoşgaça bölgan bolalarni qizamiq-qizilçaga qarşi ommaviy emlaşlar ötkazilgan. Rejadagi 3 355 900 nafar bolalarning 3 303 582 nafari yoki 98,4 foizi emlaş bilan qamrab olingan va hozirda ham emlaş işlari davom ettirilmoqda.

“Hozirda respublikamizda kasallikka qarşi barça zarur profilaktik çoralar körilmoqda, epidemik vaziyat barqaror va töliq nazoratga olingan”, – deyiladi qömita xabarida.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti qizamiq va qizilça kasalligi böyiça dunyoning 150dan ortiq mamlakatida murakkab epidemiologik vaziyat saqlanayotganini qayd etgan. Ma’lumot uçun, 2022 yilda dunyo böyiça 155 ming holatda qizamiq kasalligi röyxatga olingan.