Kun.uz ixtiyoriga mahalliy ijro etuvçi davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillaştirişga qaratilgan prezident qarori loyihasi kelib tuşdi. Unda “quyi”ni ixçamlaştiriş borasida qator vazifalar amalga oşirilişi nazarda tutilgan.
Ayrim vazirliklarning hududiy bölinmalari hokimliklarga böysundiriladi
Hujjatga köra, quyidagi respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari hududiy bölinmalari tegişliça viloyatlar va Toşkent şahar, tuman (şahar) hokimliklari tuzilmasi hamda böysunuviga ötkaziladi:
- 2023 yil 1 dekabrdan boşlab Qişloq xöjaligi, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi, Madaniyat va turizm vazirliklari, şuningdek, Ipakçilik va jun sanoatini rivojlantiriş qömitasining hududiy bölinmalari;
- 2024 yil 1 martdan boşlab Yoşlar siyosati va sport vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Mahallabay işlaş va tadbirkorlikni rivojlantiriş agentligi, Oila va xotin-qizlar qömitasining hududiy bölinmalari.
Belgilanişiça, respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari hududiy bölinmalar faoliyatining asosiy yönalişlarini belgilaydi, ularning faoliyatini monitoring qiladi, muvofiqlaştiradi va uslubiy jihatdan ta’minlaydi, bölinmalar xodimlarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş işlarini taşkil etadi. Viloyatlar va Toşkent şahar, tuman (şahar) hokimliklari hududiy bölinmalar faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oşiradi, ularga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilişini taşkil etadi, rahbarlari va xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, faoliyatini moliyaviy, moddiy-texnik va taşkiliy jihatdan ta’minlaydi.
Viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklariga mahalliy budjetdan ajratilgan mablağlar doirasida hamda hududdagi ehtiyoj va şaroitlardan kelib çiqib mustaqil ravişda hududiy bölinmalarning muayyan tuman bölinmalarini taşkil etiş yoki ularni tumanlararo şaklda tuziş hamda ularning tuzilmasi va ştat birliklarini tasdiqlaş vakolati ham berilmoqda.
Hokim örinbosarlari soni qisqaradi
Qaror loyihasiga köra, 2023 yil 1 dekabrdan boşlab viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari örinbosarlarining çeklangan soni 3 nafar etib belgilanadi.
Bunda, viloyatlar va Toşkent şahar hokimlari örinbosarlarining quyidagi sohalar böyiça şaxsiy javobgarligi örnatiladi:
- iqtisodiy rivojlaniş sohasi (moliya-iqtisodiyot, tadbirkorlik, qişloq va suv xöjaligini rivojlantirişga oid masalalar);
















