Özbekiston qonunçiligida 1 maydan e’tiboran bir qator özgarişlar kuçga kirdi. Ulardan eng asosiysi – yangi tahrirdagi Konstitutsiya amal qila boşladi.
Konstitutsiya böyiça referendumda qabul qilingan qonunga köra, Vazirlar Mahkamasi qonunçilikni yangi konstitutsiyaga moslaştiriş dasturini 2 oy muddat içida işlab çiqib, parlamentga kiritişi kerak.
Bu özgarişlar dasturidan kartadan kartaga pul ötkazmalariga oid yangi tartibni bekor qiliş ham joy egallaşi mumkin. Çunki yangi Konstitutsiya şuni taqozo qiladi.
Gap şundaki, 2023 yil 10 fevral kuni imzolangan prezident farmoniga asosan, 1 maydan boşlab tölov xizmatlarini körsatuvçi taşkilotlar (banklar va Payme, Click kabi tölov tizimlari) jismoniy şaxslar örtasida pul ötkazmalari amalga oşirilganda, ularga körsatilgan xizmatlar uçun (komissiya “0” söm bölgan taqdirda ham) elektron hisobvaraq-fakturalar rasmiylaştiradi va soliq organlariga taqdim etadi.
Bu – soliq organlari Özbekistonda emissiya qilingan bir neça ön million kartalar örtasidagi ötkazmalardan xabardor bölib turişini anglatadi.
Bu norma farmonga huquqiy ekspertizadan ötkazilmagan holda qöşib yuborilgan. Tölov taşkilotlari EHFlarni “taqdim etadi va rasmiylaştiradi” deb yozilganiga qaraganda, lingvistik ekspertizadan ham ötmagan bölişi mumkin, çunki jumladagi sözlar ketma-ketligi “rasmiylaştiradi va taqdim etadi” degan şaklda bölişi töğri bölardi.
Kun.uz avvalroq bu tartibning kamida ikki qonunga – “Bank sirlari” hamda “Tölovlar va tölov tizimlari töğrisida”gi qonunlarga zid ekani haqida yozgan,. bu tartib Konstitutsiyaning yangi tahririga zid bölişini ham qayd etgan edi.
Konstitutsiyaning avvalgi tahririda “Bankka qöyilgan omonatlar sir tutilişi va meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi”, deb yozilgan edi












