Video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda ötkaziladigan mazkur yalpi majlisda qator qonunlarni muhokama qiliş rejalaştirilgan.

«Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar va qöşimça kiritiş haqida»gi, «Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridagi pul mablağlari daxlsizligini ta’minlaşga qaratilgan qöşimça va özgartişlar kiritiş töğrisida»gi hamda «Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga özgartişlar kiritiş haqida»gi qonunlar şular jumlasidandir.

Yalpi majlisda «Xalqaro mehnat taşkilotining xodimlarni iş joyidagi havoning ifloslanişi, şovqin va tebranişlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qiliş töğrisidagi 148-sonli Konvensiyasini (Jyeneva, 1977 yil 20 iyun) ratifikatsiya qiliş haqida»gi va «Özbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati örtasida fors-major holatlarda davlat aviatsiyasi havo kemalari tomonidan havo hududi va aerodromlardan foydalaniş sohasida özaro hamkorlik töğrisidagi Bitimni (Duşanbe, 2021 yil 10 iyun) ratifikatsiya qiliş haqida»gi qonunlar ham muhokama qilinadi.