4 may kuni Yevropa ittifoqining Özbekistondagi delegatsiyasi Yevropa kuni tadbirlariga start beradi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

2023 yilda Yevropa kuni ham Yevropada, ham Özbekistonda inson kapitaliga urğu bergan holda, Yevropa könikmalar yili doirasida ötkaziladi. Şuningdek, Umumjahon inson huquqlari deklaratsiyasining 75 yilligi ham diqqat markazida böladi.

“Biz moliyalaştiradigan loyihalar va dasturlar orqali ayollar, yoşlar va qişloq aholisini bugungi kunda talabgir bölgan va ularning yanada takomillaşişi va rivojlanişiga xizmat qiluvçi kasbiy könikmalar bilan ta’minlaymiz”, – dedi Yevropa Ittifoqining Özbekistondagi elçisi Şarlotta Adrian.

YeIning Özbekistondagi delegatsiyasi Yevropa kuni doirasida qator tadbirlar taşkil etadi.

Jumladan, 5 may kuni Alişer Navoiy nomidagi Davlat akademik opera va balet teatrida klassik musiqali konsert ötkaziladi. 6 may kuni esa Toşkent botanika boğida Yevropa kuni festivali bölib ötadi.

Festival Yevropa va Özbekiston örtasida ta’lim va boşqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning ahamiyatini, Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlar madaniyati va an’analarining turfa xilligini namoyiş etadi, hamkorlik doirasida taklif etilayotgan istiqbollarni örganiş imkonini beradi.

Şuningdek, festival keng auditoriya uçun köngiloçar dasturga ham ega: özbek estradasi yulduzlarining çiqişlari, turli mavzularga oid fleşmoblar, mahorat saboqlari, ijodiy va sport tadbirlari, şuningdek taşrif buyuruvçilar uçun raqs maydonlari şular jumlasidandir.

Eslatib ötamiz, yaqin oylarda Özbekiston bilan YeI örtasida Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisida bitim imzolanişi kutilyapti. Bitim loyihasi yuzasidan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan va parafinlangan. Hujjat içki tartib-qoidalar, şu jumladan huquqiy ekspertiza va tomonlarning davlat tillariga tarjima qilinganidan keyin imzolanadi.