Senatning 3 may kungi yalpi majlisida tadbirkorlarning bank hisobvaraqlariagi pul mablağlari daxlsizligini ta’minlaşga doir qonun ma’qullandi.

Qonun bilan, tadbirkorlik sub’yektlarining bank hisobvaraqlaridan pul mablağlarini ularning roziligisiz qonunga xilof ravişda ötkazganlik yoki olib qöyganlik yoxud ortiqça undirilgan mablağlarni öz vaqtida qaytarmaganlik uçun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanyapti.

Xususan, bu huquqbuzarlik uçun aybdorga BHMning 20 baravaridan 40 baravarigaça (6,6 mln sömdan 13,2 mln sömgaça) miqdorda ma’muriy jarima kiritilyapti.

Tadbirkorlarning pul mablağlarini qonunga xilof ravişda ötkaziş yoki olib qöyiş yoxud ularni öz vaqtida qaytarmaslik holati aybdor tomonidan unga ma’muriy jazo qöllangandan keyin ham sodir etilsa, jinoyatning toifasiga qarab BHMning 200 baravaridan 600 baravarigaça (66 mln sömdan 198 mln sömgaça) jarima yoki 7 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.

Senat raisi Tanzila Norboyeva bugungi kunda bunday huquqbuzarlik uçun jazo yöqligini aytdi.

“Mamlakatimizda 530 mingga yaqin tadbirkorlik sub’yektlari faoliyat olib bormoqda. Agar ularda mehnat qilayotganlar soni inobatga olinsa, qonunçilikdagi mazkur özgartişlar millionlab kişilarning manfaatlariga bevosita va bilvosita daxldor ekanini tuşuniş qiyin emas. Kiritilayotgan mazkur normalar birinçi navbatda, soliq organlari, banklar hamda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga katta mas’uliyat va javobgarlik yuklaydi”, – dedi Norboyeva.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Eslatib ötamiz, şu yil mart oyida Toşkentda soliqçilar foyda soliğidan avansni noqonuniy tarzda hisoblab, tadbirkorlar hisobidan ortiqça mablağ yeçib olgan edi. Bu keskin e’tirozga sabab bölişi ortidan, 5 nafar mulozim, xususan Soliq qömitasining departament boşliği va poytaxtning boş soliqçisi jazoga tortilib, ortiqça undirilgan pullarni qaytariş çoralari körilgan edi.