3 mayga ötar keçasi ukrainlarning ikkita droni Vladimir Putinning Kremldagi qarorgohiga hujum qilişga urindi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi. 

«Harbiylar va maxsus xizmatlarning radar jangovar tizimlaridan foydalangan holda öz vaqtida körgan çoralari natijasida qurilmalar işdan çiqdi. Ularning qulaşi va parçalari soçilişi oqibatida jabrlanganlar yöq va moddiy zarar yetkazilmagan»,  deya xabar bergan RIA Novosti Kreml bayonotiga tayangan holda. 

Kremldan ma’lum qilişlariça, hujum oqibatida Vladimir Putin jabrlanmagan, uning iş grafigiga özgartiriş kiritilmagan. Şuningdek, xabarda aytilişiça, Rossiya tomoni «özi xohlagan joyda va vaqtda javob çoralarini köriş» huquqini özida saqlab qoladi.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, zarba vaqtida Putin Kremlda bölmagan. Kreml hujumni rejalaştirilgan terrorçilik harakati, Rossiya prezidenti hayotiga suiqasd deb atadi.

Kreml xabari e’lon qilinişidan oldin Moskva meri Sergey Sobyanin 3 may kunidan e’tiboran poytaxtda dron uçiriş taqiqlanişi haqida e’lon qilgandi. «Bu qaror huquq-tartibot idoralari işini murakkablaştirişi mumkin bölgan uçuvçisiz uçiş apparatlaridan ruxsatsiz foydalanişning oldini oliş maqsadida qabul qilingan», deya izoh bergan u.

Ijtimoiy tarmoqlarda Kreml hududida tutun paydo bölgani aks etgan videolar tarqaldi. Hududda yaşovçilar «momaqaldiroq»ni eslatuvçi «baland ovoz»ni eşitişgan.

Guvohlarning yozişiça, tutun çiqişidan avval portlaş ovozi eşitilgan, Kreml devorlarida çiroq kötargan odamlar paydo bölgan. Şuningdek, Kremldagi ba’zi çiroqlar öçirilgan.