Rossiya hukumati çorşanba kuni kunduzi Kremlga ikki dron bilan hujum uyuştirilgani haqida xabar berdi, ammo bu hodisa videolarida kunning qoronği vaqti aks etgan. Vladimir Putinning matbuot xizmati hodisani «prezidentga suiqasd» deb baholadi, ammo tunda u Kremlda bölgani ehtimoli past. BBC rus xizmati Kremlga hujumning rasmiy versiyasi e’lon qilinganidan keyin javobsiz qolayotgan savollarni sanadi.

Kreml yarim kun davomida hujum haqidagi ma’lumotni yaşirdimi?

Kremlga hujum aks etgan ilk videolar tundayoq, Yakimanka va Zamoskvoreçe rayonlari aholisi uçun oçilgan telegram-kanalda paydo bölgan. Uning administratorlari aytişiça, Serafimoviç köçasida yaşovçilar «momaqaldiroq»nikiga öxşaş «baland ovoz»ni eşitişgan.

Şuningdek, rayon aholisi vakillari «osmondagi uçqunlar va baland ovozdan keyin Kreml devorida çiroq kötargan odamlar yurganiga» e’tibor qaratgan. Kun davomida tarqalgan videolardan birida 3 mayga ötar keçasi Kremldagi yoritgiçlar öçirilganini köriş mumkin. Boşqa bir videoda Kreml devori uzra tutun kötarilgani aks etgan.

BBC video mualliflari bilan boğlanişga uringan, ammo ular faqat moliyaviy rağbat evaziga OAV bilan muloqot qilişga rozi bölişini bildirişgan.

E’tiborli jihati, şahardagi boşqa pabliklarda Kremldagi voqealar muhokama qilinmagan. Moskva markazida harakatlaniş ham töxtatilmagan. Kremldagi muzey ham odatiy taqvim böyiça işlamoqda, Aleksandrovskiy boğiga kiriş ham çeklanmagan. Qizil maydon esa aprel oyi oxirida Ğalaba kuni paradiga tayyorgarlik köriş uçun yopilgandi.

Hudud aholisi vakillaridan biri BBC bilan suhbatda özi yarim tunda sodir bölgan voqeaga guvoh bölmagani, ammo tongda ham, keçasi ham rayonda favqulodda hodisa röy bergani alomatlari sezilmagani, dronlar hujumi haqida faqat televizordagi yangiliklardan xabar topganini bildirgan.

Yakimanka rayoni kanalida paydo bölgan roliklar faqat kunduzi faol muhokama qilina boşladi, şundan keyin Kreml matbuot xizmati ham hujum haqidagi ma’lumotni tasdiqlab, bu hujumni Vladimir Putin hayotiga suiqasd qilişga uriniş deb baholadi (şu bilan birga, u bu vaqtda Kremlda bölmagani aytildi).

Şundan keyin OAVda va ijtimoiy tarmoqlarda nisbatan yaqinroq masofadan olingan videolar paydo böla boşladi. Videolardan biri Qizil maydon tomondan turib tasvirga tuşirilgan. Videoda dron Kreml devori oldiga töşalgan toşlar ustidan uçib ötib, Senat saroyi gumbazi atrofida havodaligida portlab ketgani körinadi - bu Vladimir Putinning rasmiy qarorgohi bölib, gumbazga Rossiya bayroği örnatilgan. Şu bilan birga, videoda bu vaqtda ikki kişi gumbaz böylab kötarilayotgani köringan - ular taxminan maxsus xizmat xodimlari bölgan. Bu rolikning birinçi manbasi noma’lum, ammo bu katta ehtimol bilan kuzatuv kamerasidagi kadrlarning mobil telefon orqali yozib olingan variantidir.