Şveytsariyaga taşrif davomida Özbekiston tabiat resurslari vaziri Aziz Abduhakimov hamda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi (YeIK) ijroçi kotibi, BMT boş kotibi örinbosari O.Algayerova, YeIK Atrof-muhit departamenti direktori M.Kayner, YeIK mintaqaviy maslahatçisi S.Radnaaragçaa va Havoning uzoq masofalargaça transçegaraviy ifloslanişi töğrisidagi konvensiya (Havo konvensiyasi) kotibi A.Karadjova örtasida uçraşuv ötkazildi.

“Yaşil” investitsiyalar, xususan, çiqindi va karbon taşlamalarni hisoblaş tizimi sohasiga xorijiy investorlarni jalb qiliş hamda mahalliy tadbirkorlar uçun davlat-xususiy şerikçiligi tizimini xalqaro standartlarga va prinsiplarga asosan optimallaştiriş böyiça normativ-huquqiy hujjatlar YeIK xalqaro ekspertlari tomonidan qayta körib çiqilişi böyiça kelişuvga erişildi.

Şaharlarda havoning ifloslanişi yuqori darajaga kötarilganini hisobga olgan holda Havo konvensiyasi kotibi bilan konvensiyaga a’zo böliş istiqbollari va ratifikatsiya davrida xalqaro metodologiya, huquqiy instrumentlar va ilğor tajriba asosida havo sifatini yaxşilaş uçun çora-tadbirlar rejasini işlab çiqişga kelişildi.

YeIKning “Şaharlarda daraxtlar” taşabbusiga “Yaşil makon” doirasida ekilgan daraxtlar statistikasini integratsiya qiliş va Özbekistonning yirik şaharlarini Yevropa şaharlari qatorida yaşil qoplamalar tizimiga kiritişga kelişildi.