Özbekiston va MDH davlatlarida 9 may kuni munosabati bilan faxriylarga tölanadigan mablağlar qançalik farq qilişi haqida Tengrinews maqola tayyorladi.

Qirğiziston

Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov 2023 yil 9 mayga qadar II Jahon uruşi qatnaşçilariga 100 ming qirğiz sömi miqdorida bir martalik nafaqa tölaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu hozirgi kurs böyiça 1142 dollar (yoki taxminan 13 mln söm). 2023 yil 1 aprel holatiga köra Qirğizistonda 68 nafar uruş faxriysi istiqomat qiladi.

Qozoğiston

Qozoğistonda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş vaziri Tamara Duysenova sözlariga köra, bu yil faxriylarga kamida 1,5 mln tenge tölanadi. Qozoğiston Milliy bankining 28 apreldagi kursi böyiça bu 3288 dollarni (taxminan 37,4 mln söm) taşkil qiladi. 1 may holatiga köra, Qozoğistonda 222 nafar uruş qatnaşçisi istiqomat qiladi.

Rossiya

Rossiyada 2019 yildan beri nogironlar va Uluğ Vatan uruşi qatnaşçilari 9 mayga qadar har yili kamida 10 ming rubl (taxminan 1,4 mln söm) miqdorida tölov olmoqda. Mamlakatning bir qator hududlari faxriylarga qöşimça bir martalik tölovni belgilaydi yoki davlat tölovlari miqdorini oşiradi. Ta’kidlaş joiz, 2021 yilda II Jahon uruşidagi ğalabaning 75 yilligi şarafiga faxriylarga tölanadigan tölovlar beş baravar köp - 50 ming rublni taşkil etgan edi.

Belarus

Belarusda bu yil uruş qatnaşçilariga 2 ming Belarus rubli miqdorida tölov beriladi. Bu taxminan 791 dollar (9 mln söm). 1943-1945 yillarda nemis bosqinidan ozod qilingan hududlar va obektlarni minalardan tozalaşda qatnaşganlar ham xuddi şunday miqdorda moddiy rağbatlantiriş oladi. BelTA ma’lumotlariga köra, umumiy hisobda 10 ming nafarga yaqin faxriy moddiy yordam oladi.

Özbekiston

Özbekistonda bu yil uruş faxriylariga rekord miqdorda bir martalik tölov beriladi - 18 million söm yoki qariyb 1565 dollar. Hozirgi kunda Özbekistonda 174 nafar uruş qatnaşçisi istiqomat qiladi.

Ozarboyjon

2023 yilda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 1941-1945 yillardagi uruş qatnaşçilariga 1500 manat moddiy yordam tölaşni buyurdi. Bu 882 dollardan (10 mln söm) sal köproq. Bundan taşqari, Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan yoki keyinroq vafot etganlarning bevalariga, şu davrda front ortidagi fidokorona mehnati uçun orden va medallar bilan taqdirlangan şaxslarga 750 manat miqdorida nafaqa tölanadi.