Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari may oyi örtalarida Xitoyga davlat taşrifi bilan boradi.

Xitoy raisi Si Jinping taklifiga binoan, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 16-20 may kunlari Xitoyda davlat taşrifi bilan böladi. Bu haqda Xitoy Taşqi işlar vazirligi xabar berdi.

Davlat taşrifi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining 18-19 may kunlari Sian şahrida Si Jinping raisligida bölib ötadigan «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammitidagi iştiroki bilan boğliq böladi.

Eslatib ötamiz, bu sammit haqida 27 aprel kuni Sian şahrida ötgan Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari taşqi işlar vazirlari uçraşuvidan keyin e’lon qilingandi. Bu uçraşuvdan bir neça kun oldin Xitoyning Fransiyadagi elçisi possovet davlatlarining suverenitetiga şubha bildirib, ayrim davlatlar va Pekin örtasida diplomatik mojaroga sabab bölgandi.