Bu – köp milliardli «biznes». Bu «biznes»ning boquvçisi – işsizlik. Aynan yaxşi iş haqi ilinjida odamlarimiz Janubiy Koreyaga işlaşga borişga intiladi. Ammo bu yerda bir tösiq bor – til imtihonidan ötiş kerak böladi. Aynan şu yerda nomard «biznes» sodir böladi – imtihon jarayonini kuzatib turişga mas’ul qilinganlar talab yuqori bölgani bois, «biznes» qilişadi...

Kun.uz mas’ul idoralarga şikoyatini aytiş uçun Surxondaryo viloyatidan poytaxtga kelgan, migratsiya agentligi faoliyatidan norozi bölgan murojaatçilarga mikrofon tutdi.

Karim Bahromov:

«2018 yil imtihonlardan ötganman. Nomim bazaga tuşib, tanlanganimdan söng, çaqiruv bölavermagaç, berilgan muddat ötib ketdi. Agentlikka qatnayverdim, «Koreya çaqirsa, ketasiz», deb javob berişadi. Koreyadagi tanişlarimdan sörattirdim, Koreyadagi mas’ul agentlik talablarga javob berişim, gap faqat Özbekistondagi agentlikda ekanini aytişdi. Keyin berilgan muddat ötib ketdi.

Agentlikdagilar bir-biriga qarab, «agar işingiz hal bölsa, bu möjiza böladi» deya ustimdan kulib ötirişdi. Bu menga juda oğir botdi. 200 dan 156,5 ball bilan ötganman imtihondan. Xuddi menikidek – muddati tugagan boşqa fuqaro esa keta oldi Koreyaga».

Şohrux Ismatov:

«2022 yil imtihondan muvaffaqiyatli ötib, Taşqi mehnat migratsiya agentligiga borib, bazaga hujjatlarimni topşirdim. Tasdiqlangandan söng SPAS bazada (Koreyaga ketuvçi fuqarolar statusi) koreyslar tanlov ötkazişi va men u tanlovda qatnaşişim mumkin böldi. Meniki tasdiqlanmay, «çegaralangan» degan yozuv çiqib qoldi.

Agentlikka 30–40 marta bordim. «Sen 2019 yil imtihondan ötgansan, muddating tugamasdan yana qayta imtihondan ötibsan, yana qayta öt imtihondan» dedi Aziz degan xodim. Migratsiya [agentligi]ning eşik-oynalariga «Bir marta imtihondan ötdingizmi, muddat tugamaguniça qayta ötmang!!!» deb yozib qöymagan-ku? Boşqa safar «Koreyada xatoligingiz bor, jarimangiz bor» deyişdi. Keyingi safar boşqa narsani rökaç qilişardi. Ammo xuddi mening vaziyatimdagi «çegaralangan» belgisi çiqqanlar [muammoni] hal qilib ketişyapti Koreyaga. Migratsiya agentligi orqali «hal qilgani»ni ta’kidlaşyapti.

600 dollarga Koreyadan advokat yolladim. U nomimdan Koreyadagi mas’ul idoralarga mening hujjatlarimni tekşirganda menda birorta xatolik va qarzdorlik yöqligini hamda Koreyaga kirişim ta’minlanganini aytdi. Faqatgina Özbekistondagi Taşqi mehnat migratsiya agentligiga uçraşişim kerakligini aytdi. Agentlikka borib, yuqoridagi gaplarni yetkazdim. Ular işim hal bölmasligi, qayta imtihondan ötişim kerakligini aytib, qaytarib yuborişdi».