Turkiyadagi prezidentlik saylovlariga uç kun qolganida tört nomzoddan biri, muxolifatga beriladigan ovozlarning bir qismini öziniki qilib, Erdöğanning ğalabasini ta’minlaşi aytilayotgan Muharram Injye poygani tark etdi.

Injye nihoyat Rajab Toyyib Erdöğanni hokimiyatdan çetlatiş uçun haqiqiy imkoniyat yuzaga kelganiga haqli ravişda işonayotgan muxolifatdagi bölinişga sabab bölayotgani uçun kuçli bosim ostida qolayotgandi.

«Men öz nomzodimni qaytarib olaman», dedi Memleket Partisi yetakçisi jurnalistlarga.

Öz nomzodini qaytarib oliş sabablaridan biri sifatida u şahvoniy xarakterdagi soxta suratlari tarqalganini keltirib, bir yarim oy davomida tuhmat va tayziqlarga uçragani, Turkiya hukumati esa uning obrösini himoya qila olmaganidan şikoyat qilgan.

«Soxta akkauntlar, soxta videolar, fotosuratlar... ular Isroildagi pornosaytdan video olişgan va unga mening yuzimni montaj qilişgan. Afsuski, Turkiyadagi ayrimlar manfaati uçun bu videolarni tarqatmoqda», degan u.

Injye şuningdek agar Erdöğan hokimiyatni özida saqlab qolgudek bölsa, muxolif partiyalar alyansi tomonidan boş aybdor sifatida körsatilişini istamasligini aytgan.

Injyening saylovda iştirok etişdan boş tortişi - amaldagi prezident Rajab Erdöğanning saylovdagi asosiy raqibi Kamol Qiliçdoröğli uçun ajoyib yangilik böldi. Qiliçdoröğli muxolifatdagi olti partiya tuzgan alyansga yetakçilik qilmoqda va sönggi sörovlarga köra, saylovlarda u 49 foiz ovoz qölga kiritişi kutilmoqda.

Turkiya fond bozori ham bu yangilikka keskin ösiş bilan reaksiya qildi.

Prezident Erdöğan mamlakatni 20 yildan buyon boşqarib kelmoqda. Uning boşqaruvidagi sönggi yillarda Turkiya jiddiy iqtisodiy muammolarga duç keldi, xususan, inflatsiya darajasi 44 foizga yetdi. Köplab tahlilçilar bunda Turkiya Markaziy banki siyosatiga aralaşgani uçun şaxsan prezidentni ayblaşmoqda.

Narxlar ösişi Turkiya aholisi uçun asosiy muammolardan biri bölib qolmoqda. Foto: SOPA IMAGES/LIGHTROCKET

Markaziy bank amalda mustaqillikka ega emas va prezident undan kutgan qarorlarni qabul qiladi. Prezidentning esa pul-kredit siyosati böyiça öziga xos qaraşlari bor.