BelTA davlat agentligi iqtibos keltirgan Belarus rahbarining sözlariga köra, Bryansk yaqinida “törtta samolyot urib tuşirilganidan beri” Belarus qöşinlari “yuqori jangovar şay holatda turibdi”.

Rossiya Federatsiyasi rasmiylari hozirça faqat bitta vertolyot halokatga uçraganini tan oldi, Rossiya federal telekanallari esa nima bölganligi haqida birorta ham xabar tarqatmadi. 

Ukraina tomoni samolyotlar Rossiya havo mudofaa tizimi tomonidan urib tuşirilganini da’vo qilmoqda.

13 may kuni Rossiyaning Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz Klinsi şahri hududida vertolyot halokatga uçragani töğrisida ma’lumot berdi. TASS favqulodda xizmatlardagi manbalariga tayangan holda xabar berişiça, gap Mi-8 haqida bormoqda. Agentlikning qöşimça qilişiça, Bryansk oblastida Su-34 bombardimonçi samolyoti ham yerga qulagan.

Keyinroq telegram-kanallarda Bryansk viloyati osmonida jami ikkita vertolyot va ikkita samolyot qulagani töğrisida ma’lumotlar paydo böldi. Mash xabariga köra, ularning ekipajining barça a’zolari – töqqiz kişi halok bölgan.