Seşanbaga ötar keçasi Rossiyaning Kiyevga turli raketalar bilan yöllagan zarbalari sönggi vaqtlardagi eng kuçli hujumi böldi. Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy Rossiya havodan, dengizdan va quruqlikdan jami 18 raketa yöllagani, şuningdek Shahed-136 va Shahed-131 dronlari bilan hujum uyuştirgani haqida xabar berdi. Kiyev tomon uçirilgan raketalar qatorida «Kalibr» qanotli raketalari va «Kinjal» gipertovuşli raketalar ham bölgan.
Foto: AFPFoto: AFP
Hujum natijalari böyiça Ukraina va Rossiya mudofaa vazirliklari bergan ma’lumotlar bir-biriga zid keladi.
Kiyevdagilar havo hujumidan mudofaa tizimi havodagi barça nişonlarni, jumladan oltita X-47M2 «Kinjal» rusumli gipertovuşli raketalarni ham yöq qilganini ma’lum qildi.
Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari 8 may kuni ham bitta «Kinjal» töxtatib qolingani haqida xabar bergandi. Öşanda Kiyev meri Vitaliy Kliçko jurnalistlarga raketa fragmentini namoyiş etgan, ayrim ekspertlar fikriça, bu çindan ham «Kinjal»ning jangovar kallagi bölişi mumkin.
16 mayga ötar keçasi oltita «Kinjal» töxtatib qolingani töğrisidagi ma’lumotni dalillar yoki boşqa mustaqil manbalar orqali tasdiqlab bölmaydi. RF mudofaa vazirligi bayonotida esa Rossiya tomonidan kamida bitta «Kinjal» qöllangani tasdiqlangan.
RF mudofaa vazirligi seşanba kuni Rossiya qöşinlari «Ukraina qurolli kuçlari bölinmalarining joylaşuv manzillariga, şuningdek, öq-dorilar, qurollar va harbiy texnikalar saqlanayotgan nuqtalarga» havo va dengizdan yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarbalar yöllaganini ma’lum qildi. Vazirlikning tasdiqlaşiça, barça nişonlarga aniq zarba berilgan, raketalardan biri - «Kinjal» - göyoki Patriot havo hujumidan mudofaa tizimiga borib tekkan.
Şu kuni keçqurun vazir Sergey Şoyguning özi ham bu haqda gapirib çiqdi. «Biz ular öz bayonotlarida göyoki urib tuşirganini aytayotganiçalik köp «Kinjal»larni uçirganimiz yöq», - deya uning sözlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Patriot batareyasi yoki uning bir qismi şikastlangani haqidagi ma’lumotni Amerikaning CNN telekanali manbasi tasdiqlagan, u butun kompleks yöq qilinmagani, katta ehtimol bilan uning bir qismi şikastlanganini aytgan. U tafsilotlarni keltirmagan, xususan, şikastlaniş raketa kelib urilişi oqibatida yoki uning parçalari tuşişi tufayli bölgani ma’lum emas.
Reuters ham Kiyevda rossiyaliklar zarbasi tufayli Patriot tizimi şikastlangani töğrisida xabar tarqatdi.
Bu agentlik amerikalik mulozimlar orasidagi biratöla ikki manbaga tayangan holda xabar bergan. Reuters manbalaridan biriga köra, Vaşington va Kiyev allaqaçon tizimni ta’mirlaşning eng yaxşi yölini muhokama qilmoqda va ayni vaqtda tizimni Ukrainadan olib çiqiş talab etilmaydigandek körinmoqda. Patriot’ning hozirgi holati haqida yaqin kunlar içida aniq ma’lumot paydo bölişi qöşimça qilingan.
Mavzuga oid
Ukraina qurolli kuçlari havo kuçlari spikeri Yuriy Ignat telemarafon efirida «Kinjal» raketasi Patriot tizimini yöq qila olmasligini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, Patriot tarkib topgan komponentlar bir-biridan ma’lum oraliqda joylaştiriladi, şu tufayli bitta raketa butun tizimni yöq qila olmaydi. Ukraina QK rasmiysi «Patriot taqdiridan xavotirlanmaslikka çaqirgan».
Keyinroq CNN amerikalik rasmiy şaxslarga asoslangan holda, Patriot minimal darajada şikastlangani va tizimni ta’mirlaş uçun jang maydonidan olib ketişga ehtiyoj sezilmasligi haqida xabar tarqatdi. Ştatlar Ukrainaga tizimni tekşiriş uçun inspektorlarni yuborgan, ular tizim işçi holatida ekani, uning eng muhim tarkibiy qismlaridan bölgan radiolokatsiyasiga zarar yetmagani haqida xulosa berişgan.
Kuzatuv kameralarida nimalar muhrlangan?
Ijtimoiy tarmoqlarda Kiyevga tungi zarbalar aks etgan - yoki kuzatuv kameralariga muhrlangan yoki mobil telefonlar orqali yozib olingan bir qança videolar paydo böldi. Ularda havo hujumidan mudofaa tizimi raketalari osmonga örlayotgani aks etgan, ammo ular aynan qanday kompleksdan uçirilayotganini aniq aytiş qiyin.
Rossiyaliklarning Kiyev ustida urib tuşirilgan raketalaridan birining qoldiqlari
Andriy Zhyhaylo / Obozrevatel / Global Images Ukraine / Getty Images
Lekin bu raketalar yerga töğri burçak hosil qilib kötarilmayotgani, şuningdek ularning miqdori va uçiriş çastotasidan kelib çiqqan holda bu Patriot kompleksi işlayotgani aks etgan tasvirlar ekanini taxmin qiliş mumkin, ammo uçiriş qurilmasi yaqindan körinmagan. Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari ixtiyorida NASAMS komplekslari, şuningdek sovetlarning C-300 va «Buk» tizimlari mavjud. Ulardan faqat S-300 raketani yuqoriga vertikal (tik) yönaltiradi.
Videoyozuvlardan birida osmonga kötarilgan raketalardan ikkitasi uçiriş qurilmasiga uzoq bölmagan joyga qaytib qulaganini köriş mumkin. Keyinroq internetda şahar hududida yerda yotgan raketalar aks etgan suratlar paydo böldi - bular Patriot majmuasining PAC 3 oilasiga mansub raketalarga öxşab ketadi. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga köra, muvaffaqiyatsiz uçirilgan ikkita raketa yerga qulab tuşgan.
Politsiyaçi Patriot havo hujumidan mudofaa tizimining şahar hayvonot boği hududiga qulagan PAC3 raketasini közdan keçirmoqda.
Alex Babenko / AP / Scanpix / LETA
Videorolikda köplab raketalar havoga kötarilgan hududda ulkan çaqnaş sodir bölgani ham aks etgan. Bu çaqnaş ortidan tutun kötariladi. Ammo buning özi rossiyaliklar raketasi Patriot tizimiga kelib urilganini tasdiqlay olmaydi - kompleksning özi kadrda körinmagan, kamera esa ança uzoq masofada joylaşgan va çaqnaş aynan raketalar uçrilgan nuqtada röy berganini aniq aytib bölmaydi.
Harbiylarning bayonotlarini qanday tasdiqlaş yoki rad etiş mumkin?
Isroillik harbiy şarhlovçi David Şarp BBC rus xizmatiga bergan intervyusida aytişiça, amerikaliklar, agar xohlasa «Kinjal» raketalari tutib qolinganini tasdiqlaşi mumkin - ukrainlar uçiriş nazorati böyiça barça ma’lumotlarni ular bilan bölişadi.
Şu bilan birga, ekspertning ta’kidlaşiça, havo hujumidan mudofaa tizimida raketani qaytariş böyiça ma’lumotlar aniqlaştirilişi uçun ma’lum vaqt talab etiladi va natija böyiça baholar biroz özgarişi mumkin.
U şuningdek, ulkan çaqnaş aks etgan videoyozuvni raketa nişonga kelib tekkaniga dalil sifatida talqin qilib bölmasligini aytgan.
«Aftidan, portlaş röy bergan. Bir-ikki portlaş. Ammo baribir tekşiriş va aniqlaştiriş kerak - bu teparoqda bölganmi yoki yerda? Raketaga juda yaqin kelganida zarba berilgan bölişi, parçalar portlagan bölişi yoki yana boşqa yana nimadir bölgan bölişi mumkin, ammo bundan [Patriot havo hujumidan mudofaa tizimiga] raketa kelib tekkani haqida aniq xulosa qilib bölmaydi», degan Şarp.
May oyi boşida «Kinjal» tutib qolingani töğrisidagi ilk xabarlar ortidan Kiyev meri Vitaliy Kliçko raketaning parçalarini namoyiş etgandi.
Ekspert şuningdek nazariy jihatdan tijoriy sun’iy yöldoş kompaniyalari Rossiya mudofaa vazirligi bayonotini tasdiqlaşi yoki rad etişi mumkinligini aytgan. Şu bilan birga, u bunday ma’lumot oçiqlanişiga şubha bildirgan.
Öz navbatida, rossiyalik harbiylar ham öz sun’iy yöldoşlari, radiotexnika yoki boşqa razvedka vositalari, jumladan josuslik tarmoği orqali zarba natijalari haqida ma’lumot olişi mumkinligi qayd etilgan.
«Ikki tipdagi agenturadan foydalanilişi mumkin - masalan ikki kilometr masofadan turib, zarbalar qayerga tuşişini kuzatib turadiganlar böladi, şuningdek, [zarba natijalaridan] xabardor bölgan tuzilmalarga kiritilgan josuslar ham bölişi mumkin», degan u.
Şu bilan birga, ekspertning qayd etişiça, Rossiya mudofaa vazirligi ataylab yolğon ma’lumot e’lon qilişi ham mumkin. U muvaffaqiyatsizlikka uçralgan taqdirda, harbiylar mamlakat siyosiy rahbariyatiga «yuqori kutgan» ma’lumotni yetkazişi ham mumkinligini istisno etmagan.
BBC korrespondenti Ilya Abişev - zarba natijalarini qanday baholaş mumkinligi haqida:
«Raketalar hujumi muvaffaqiyatli qaytarilgani töğrisida Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy şaxsan ma’lum qildi. Bunday darajadagi figuralar epizodik va lokal yutuqlar böyiça bayonot berişi kamdan kam yuz beradi. Ehtimol, general Zalujniy özi yetkazişga qaror qilgan ma’lumot çindan ham unga juda muhim tuyulgan.
Ukraina havo hujumiga qarşi mudofaa tizimi muvaffaqiyatini belgilovçi mezon Rossiya tomonidan raketa zarbalari, ayniqsa qimmatbaho «Kinjal» va «Kalibr»dan foydalaniş ma’lum vaqtga töxtatilişiga erişiş bölişi mumkin.
Soğlom fikr şuni körsatadiki, agar hujum natijasi nolga teng bölsa, vaziyat özgarganini tuşuniş va Rossiya harbiy-sanoat kompleksi işlab çiqarişda qiyinçiliklarga duç kelayotgan öq-dorilarni isrof qilişdan saqlaniş uçun tanaffus oliş kerak böladi.
Taxmin qiliş mumkinki, Rossiya armiyasiga amalda Amerikaning Patriot tizimiga zarba beriş böyiça vazifa berilgan - nafaqat propaganda maqsadida, balki öz raqibining jangovar imkoniyatlariga baho beriş uçun ham. May oyi boşida «Kinjal» yoki unga juda öxşaş bölgan raketa urib tuşirilgani bilan boğliq muvaffaqiyatsizlikdan keyin Rossiya havo kosmik kuçlari yoppasiga raketa zarbalari yöllab, bitta havo hujumidan mudofaa kompleksini yöq qilişga urinib körgan bölişi mumkin.
Rossiya mudofaa vazirligi bayonotlari va töliq tuşunarli bölmagan videotasvirlar orqali bu hujum naqadar samarali bölganini baholab bölmaydi. Agar öşa videodagi çaqnaş - çindan ham «Kinjal» nişonga tekkanini tasdiqlagan taqdirda ham, katta ehtimol bilan, gap faqat bitta uçiriş qurilmasi yöq qilingani haqida borayotgan bölişi mumkin, çunki Patriot havo hujumidan mudofaa tizimini taşkil etuvçi jangovar birliklar bir-biriga yaqin joylaştirilmaydi».