Unga köra, Toşkent şahrida 300 million dollarlik elektr energiyasi böyiça moliyaviy va konsalting xizmatlarini körsatiş loyihasini amalga oşiriş nazarda tutilgan.
XMKning Turkiya va Markaziy Osiyo böyiça direktori Vibke Şlyomer hujjatni imzolaş marosimidan söng «Dunyo»ga intervyu berdi:
- Biz Özbekiston hukumati bilan juda yaqin va samarali hamkorlik qilmoqdamiz. Hamkorligimiz natijasida xususiy sektor bilan şuğullanuvçi köplab kompaniyalar qöllab-quvvatlanmoqda va moliyalaştirilmoqda. Tuzilmamiz va Özbekiston örtasidagi hamkorlikning aniq namunasi sifatida imzolangan hujjatni qayd etaman. Unga köra XMK mamlakat hukumatiga energiya taqsimoti sohasidagi muammolarni hal qilişda boşqaruv va tahlil qilişda yordam beradi.
Şuningdek, biz Özbekiston tomoni bilan birgalikda uşbu sohaga töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilişni rejalaştirmoqdamiz.
















