Xitoy raisi Si Jinping 19 may kuni Markaziy Osiyoni rivojlantiriş böyiça infratuzilmani barpo etişdan tortib, savdo-sotiqni kengaytirişgaça bölgan ulkan rejalarni e’lon qildi.
Bu bilan Xitoy an’anaviy tarzda Rossiya ta’siri ostida bölib kelgan hududda yangi rahbarlik rolini qölga oldi, deb yozdi Reuters.
Xitoy bu borada Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston bilan rivojlaniş strategiyasini muvofiqlaştirişga va barça davlatlarni modernizatsiya qilişga kömaklaşişga tayyor, dedi Si Jinping Xitoy şimoli-ğarbida bölib ötgan «Markaziy Osiyo – Xitoy» sammitidagi nutqida.
«Uşbu sammit olti davlatning rivojlanişi va qayta tiklanişiga yangi turtki berdi hamda mintaqaviy tinçlik va barqarorlikka kuçli ijobiy energiya berdi. Biz birgalikda yuqori darajadagi, bir-birini çuqur töldiradigan va özaro manfaatli hamkorlikning yangi paradigmasini işlab çiqamiz», dedi Si Markaziy osiyolik hamkasblari bilan bölib ötgan matbuot anjumanida.
Bu bilan Xitoy resurslarga boy mintaqada siyosiy ta’sir va energiya boyliklari uçun kuraşda birinçi öringa kötarildi, Rossiya Ukrainadagi uruşga çalğidi, AQŞ esa qöşinlarini Afğonistondan olib çiqqaç, mintaqadagi ta’sirini pasaytirdi, deb hisoblamoqda naşr.
Savdo yöllari tarmoğiga ega bölgan beşta sobiq Sovet respublikalari boşqa joylarda tösiqlar yuzaga kelgan taqdirda Xitoyga yoqilği, oziq-ovqat va boşqa tovarlarni taşiş uçun muqobil yönalişlarni taklif qilmoqda.

Ikki kunlik sammitda Xitoy qöllab-quvvatlaş va hamkorlik va’dalarini berdi. Bir vaqtning özida Yaponiyada bölib ötgan G7 yetakçilari sammitida Xitoyning «salbiy» imiji yaratilgan edi.
Xitoyning Markaziy Osiyoni qöllab-quvvatlaşi AQŞ tomonidan uni «majburlov diplomatiyasi»da ayblanişiga ziddek körinmoqda.
Si sözlariga köra, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari özaro işonçni mustahkamlaşi, şuningdek, suverenitet, mustaqillik, milliy qadriyat va uzoq muddatli rivojlaniş kabi asosiy manfaatlarni «aniq va qat’iy qöllab-quvvatlaş»ni taklif qilişi kerak.
«Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga huquq-tartibot, xavfsizlik va mudofaa salohiyatini oşirişda yordam berişga tayyor», dedi u.

















