Açinarlisi, hokimiyat mansabdori muqaddas ziyorat uçun deb töplangan xalq pulini onlayn qimorga sarflab yuborgan. “Hokimiyatda aldanişni xayolimizga ham keltirmagan edik. Boşqalar turfirmalar orqali yoki Qirğiziston orqali bemalol ziyoratga borib kelyapti. Ularga işonmay, hokimiyatdan “otilib” qoldik”, deydi jabrlanuvçilar.

MY5 telekanali Markaziy studiya körsatuvi tayyorlagan lavhadan ma’lum bölişiça, uzoq tergovdan söng ham firibgarning va’dalariga işongan jabrlanuvçilar öz arizasini qaytarib olgan. Natijada ularning zararlarini qoplab beriş masalasi oçiq qolmoqda.

Diniy qömita vakili esa 2 yil mansabdorlik yuklatilgan vazifalarda işlaş vakolatidan mahrum bölgan hamda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Xöjaobod tumani hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, A.F.dan jabrlangan bir neçta fuqarolarga pullari qaytarib berilgan. Qolgan jabrlanuvçilar masalasida esa hokimiyatga sud hukmi taqdim etilgaç, şunga köra iş köriladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Haj ziyoratçilarga xizmat körsatiş “biznesi”ni monopollaştirgan Din işlari böyiça qömita turfirmalarning “firibgarligi”dan tinimsiz ogohlantiriş berayotgan edi. Lekin mas’ullarning özi hamon Özbekistondagi ziyorat paketi narxlarini ham oşkor qilmagan.