Nissan Xitoy bozorida yangilangan modellarini taqdim etişda davom etmoqda. Yapon işlab çiqaruvçisining navbatdagi yangiligi — “supergibrid” deya ta’riflanayotgan X-Trail krossoveri böldi.

Nissan Xitoy bozorida X-Trail’ning savdosini boşladi. U ikki xil komplektatsiyada xaridorlarga taklif etilmoqda. Xususan, Deluxe pozitsiyasi 27 000 dollarga baholangan bölsa, Supreme komplektatsiyasi uçun 28 350 dollar söralmoqda. Ikkala pozitsiya texnik tomondan bir xil, faqatgina qöşimça imkoniyatlar bilan farqlanadi.

“Supergibrid” Nissan X-Trail 2-avlod e-POWER gibrid tizimiga ega bölgan. Içki yonuv dvigateli faqat generator vazifasini bajarib beradi, ya’ni uning maşina ğildiraklariga umuman aloqasi yöq. Şu tomondan X-Trail elektromobilga juda öxşab ketadi. Ikkita elektromotor örnatilgan — old va orqada. Ular jami 340 ot kuçini berişga qodir. Avtomobil batareyasini 1,5 litr hajmga ega 144 ot kuçini beradigan turbodvigatel quvvatlab turadi.

Maşinaning uzunligi 4681 mm, eni 1840 mm, böyi esa 1730 mm, ğildiraklar bazasi bölsa 2706 mmni taşkil etadi.

Deluxe komplektatsiyasi ham ikkinçi darajali avtopilot bilan ta’minlagan. Bunda haydovçi yöl belgilarini avtomatik taniş, yöl çiziğidan çiqib ketmaslik, moslaşuvçan kruiz-nazorat, iqlim nazorati, proyeksiyali displey funksiyalaridan foydalanişi mumkin.

Supreme versiyasida mediatizimni 12,3 dyuymlik displey yordamida boşqariş mumkin (Deluxe’da esa 7 dyuymlik displey).