23 may, seşanba kuni politsiya ma’lum qilişiça, Brandenburg federal yeridagi "Zeyelov tepaliklari" yodgorlik majmuasida Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan sovet askarlariga örnatilgan yodgorlik toşlariga zarar yetkazilgan.

22 mayga ötar keçasi bitta yodgorlik toş ağdarilgan, yana törttasi joyidan qözğatilgan. Politsiya noma’lum şaxslarga nisbatan işni tergov qilmoqda, deb xabar beradi epd. Bu may oyida majmua hududidagi ikkinçi vandalizm holatidir. Oy boşida bu yerda 14 ta qabr toşlari şikastlangan yoki ağdarilgan, politsiya buni kim qilganini hali topa olmadi.

Yodgorlik 1945 yil noyabr oyida Berlindan 90 km şarqda joylaşgan Brandenburg Zeyelovida oçilgan va Germaniyadagi birinçi şunday yodgorliklardan biriga aylandi. Berlin operatsiyasining eng şiddatli janglaridan biri şu yerda kuzatilgan, uning davomida 33 mingga yaqin sovet askarlari va zobitlari halok bölgan. 1972 yilda bu yerda Zeyelov tepaliklari muzeyi taşkil etilgan.