Turkmanistondagi «Galqiniş» konida gazni oltingugurtdan tozalaş moslamalari işlamay qoldi. Katta miqdordagi oltingugurt bilan ifloslangan gaz «Markaziy Osiyo - Xitoy» gaz quvuriga tuşdi. Oqibatda quvurning Özbekistondan ötgan qismi zararlandi. Bu haqda Turkmen.news xabar berdi. 

Qayd qilinişiça, 17 mayga ötar keçasi Xitoyning CNPC kompaniyasi mutaxassislari Turkmaniston-Özbekiston çegarasidagi gaz quvurida oltingugurt borligini aniqlagan. «Turkmengaz» davlat konserni tomonidan ötkazilgan tekşiruvda oltingugurtdan tozalanmagan gaz uşbu quvur orqali bir neça kun davomida Xitoyga yetkazilgani ma’lum bölgan. 

Oltingugurt quvurlar uçun xavfli bölib, uni yemirib yuboradi. Oqibatda gaz sizib çiqiş holatlari yuz berişi mumkin. 

Turkmen.news xabariga köra, tört kun davomida quvurning Özbekistondan ötuvçi 80 kilometr uzunlikdagi qismida gaz sizib çiqişi qayd etilgan. CNPC Turkmanistondan hodisaga munosabat bildirişni, aybdorlarni jazolaşni talab qilgan. Kelgusida Xitoy tovon pulini ham undirib olmoqçi. 

Manbalarga köra, gaz tozalaş inşootlarining işdan çiqişiga reaktivlar va ehtiyot qismlarning öz vaqtida xarid qilinmagani sabab bölgan. 

20 may kuni «Turkmengaz» rahbariyati xitoylik hamkorlarga nosozlik bartaraf etilgani haqida ma’lum qilgan. Biroq, bu haqiqatga töğri kelmaydi, hozir gaz faqat 20 foizga tozalanmoqda, deb ta’kidlamoqda naşr. 

Bu Turkmanistondagi «Galqiniş» konida yil boşidan beri ikkinçi yirik avariya. Yanvar oyida yuz bergan yana bir texnogen avariya oqibatida Turkmanistondan Özbekistonga tabiiy gaz yetkazib beriş bir neça kunga töxtab qolgan edi.