Qaşqadaryo viloyat IIB tezkor xodimlari DXX viloyat boşqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda Qamaşi tumanida yaşovçi 32 yaşar erkak qölbola usulda yasagan qurolini 19 mln söm va 100 dollarga sotayotganda qölga olingan.
IIV Tergov departamentining xabar berişiça, qonunbuzar xaridorning talabiga köra qurolni yaşirib qöygan joyini unga aytgan. Tezkor guruh tomonidan aytilgan manzil közdan keçirilgaç, u yerdan qölbola usulda yasalgan 16 kalibrli öqotar qurol va 4 dona patron topilgan.
Qurolni yasagan şaxs kelişilgan pulni olayotgan vaqtda qölga olinadi.
“Oddiy trubalar, tunuka-prujinadan yasadim şu narsani. Otib körsatmasang bölmaydi deyişdi. Işlaydi deganimda: “Otib körsataver, sendan nima ketdi” deyişdi. Xöp, deb otib körsatdim.
Xaridor ikki ming dollar beraman degandi. Telefon qilib: “Pulni çiqarvordim, odamim Qamaşini bilmaskan, pulni olib qol. 19 mln söm va 100 dollar bervorganman” deb aytdi.
Pulni olayotgan vaqtimda içki işlar xodimlari tomonidan qölga olindim. Boşimni devorga urib, qilgan işimdan ming marotaba afsuslanib ötiribman. Baribir jinoyat jazosiz qolmas ekan” degan qurol sotuvçi “Özbekiston24” telekanali tomonidan efirga uzatilgan videolavhada.
Qamaşi tumani IIB huzuridagi tergov guruhi katta tergovçisi Ahror Fayziyevning ta’kidlaşiça, mazkur holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va ayni paytda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 32 yaşar erkak ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan.
Avvalroq Termizda 39 yaşar erkak qölbola usulda tayyorlangan öqotar qurol va uning 12 patronini 1 mln 750 ming sömga sotmoqçi bölganda uşlangandi.
Toşkentda «Steçkin» rusumli, 9 mm kalibrli jangovar qurolni 1500 dollarga sotmoqçi bölgan jinoiy guruh qölga tuşgandi.
















