Belgorod viloyati, Glotovo qişloğidan olingan videoda ikki jangçi Rossiya poçtasining Glotovodagi idorasi yonida turgani aks etgan. 

«Albatta, bu safar heç kimga videoni Kiyev viloyatida emas, balki vatanda tasvirga tuşirganimizni isbotlaş şart emas. Şunga qaramay, biz bunday videolarni yaxşi an’anaga aylantirişga qaror qildik», deyiladi videoga qoldirilgan izohda. 

U aniq qaçon olinganligi haqida xabar berilmagan. «Dojd» naşrining yozişiça, videodagi odamlardan biri - RKK qömondoni Denis Nikitin (Kapustin). 

Uning sözlariga köra, RKK «Rossiya hududiga bemalol kirib kelyapti - janglar bilan yoki jimgina, endi bu muhim emas». «Bizni öz aholi punktingizda kuting», — dedi u. 

22 may kuni Belgorod viloyatida Ukraina hududidan kirib kelgan bölinmalar bilan töqnaşuvlar yuz berdi. Rossiya Federatsiyasi hukumati «diversantlarning mağlubiyati» haqida e’lon qildi, öz navbatida, RKK va «Rossiyaga ozodlik» legioni Belgorod viloyatining bir neçta aholi punktlari «ozod etilgani» töğrisida ma’lumot berdi.