«Novaya gazeta Yevropa» Belgorod oblastiga reydda iştirok etganlardan birining hikoyasini keltirdi. Naşr suhbatdoşi öz şaxsini va qaysi tuzilmaga mansubligini oçiqlamagan (aksiyada iştirok etganini «Rossiyaga ozodlik» va «Rossiya köngillilar korpusi» (RKK) ma’lum qilgan). U faqat Rossiya fuqarosi ekaniga oydinlik kiritgan.
Reyd iştirokçisi yomon ob-havo va yöllar yuvilib ketgani tufayli «operatsiyani belgilangan muddatda boşlaş» imkoni bölmaganini aytgan. «Köplab maşinalar botqoqqa botib qoldi, hatto ularning ba’zilari keyingi harakatlarda iştirok eta olmadi», — degan u va çegaragaça «önta maşina va zirhli avtomobillar» hamda 150 nafarga yaqin kişi yetib bora olganini qöşimça qilgan.
«Ukraina tomonidan «Uragan» baravar öt oçiş reaktiv tizimlaridan heç qanday zarba berilgani yöq. Biz özimiz çegaradagi «Grayvoron» nazorat-ötkaziş punktini 120 mm kalibrli minomyotlardan öqqa tutdik», — degan suhbatdoş. Uning sözlariga köra, çegara punkti yaxşi mustahkamlangandi, ammo, «guruh tank kömagida hujumga ötganida, barça himoyaçilar qoçib qolişgan». Reyd iştirokçisining sözlariga köra, qoçayotganlardan biri öqqa uçib halok bölgan. Yertölada bir neça soat yaşirinib yotgan yana bir çegaraçi asir tuşgan.
U şuningdek Amerikaning ikkita HMMWV maşinasi aks etgan kadrlar voqea joyida bölganini tasdiqladi, uning aytişiça, jiplar nazorat-ötkaziş punktidagi okoplarga tiqilib qolgan.
«Nazorat-ötkaziş punkti egallangaç, biz belgilangan yönalişlar böylab tarqala boşladik. Birinçi guruh borib, tinç aholini uylaridan çiqmaslik töğrisida ogohlantirdi. Ular rayon markazigaça tez yetib borişdi. Ikkinçi tölqin ötayotganida, men uning içida edim, qişloqlarda tirik jon yöq edi. Köçalar kimsasiz bölib qolgandi», deydi u.
Naşr suhbatdoşining sözlariga köra, Rossiya kuçlari faqat bir neça soat ötganidan keyin «uyğongan» va öz qismlari, artilleriya va aviatsiyani olib kelib, öt oça boşlagan, lekin faqat «RKK va «Rossiyaga ozodlik» legioni jangçilari turgan çekkalar emas, balki, ular diversantlar egallab olganini taxmin qilgan binolar ham nişonga olingan — FXX, IIV, ma’muriyat binolari.
Reyd iştirokçisi uning quroldoşlari orasida yengil jarohat olganlar bölganini ma’lum qilgan, şu bilan birga, guvohlarning sözlariga köra, tinç aholi vakillari orasida yaradorlar ham köp bölgan. Uning aytişiça, Rossiya harbiylari orasida ançagina kişi ölgan va yaralangan.
Uning sözlariga köra, çegaradan ötilganidan boşlab jiddiy qarşilikka faqat rayon markazida duç kelingan — Grayvoronda. Uning aytişiça, operatsiyaning dastlabki maqsadi, aynan şu yerni egallab oliş edi, ammo noqulay ob-havo va yöllar yomonligi tufayli amaliyot boşlanişi yarim kunga keçikkan hamda «barça maqsadlarga ham erişilmagan».


















