«Markaziy Osiyo – Xitoy» gaz quvurining Özbekiston hududidan ötgan qismidan gaz sizib çiqiş holatlari bölmagan. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
«Biz tomondan tranzit jadvalga muvofiq amalga oşirilmoqda. Barça körsatkiçlar muntazam ravişda tekşiriladi. Heç qanday oğişlar yöq. Tizimlarimizda siziş holati yöq. Barça tizimlar işlamoqda», deyiladi bayonotda.
Avvalroq, Turkmen.news Turkmanistondagi «Galqiniş» konida gazni oltingugurtdan tozalaş moslamalari işlamay qolgani, oqibatda oltingugurt bilan ifloslangan gaz «Markaziy Osiyo - Xitoy» gaz quvuriga tuşib, uning Özbekistondan ötgan qismi zararlangani haqida xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 17 mayga ötar keçasi Xitoyning CNPC kompaniyasi mutaxassislari Turkmaniston-Özbekiston çegarasidagi gaz quvurida oltingugurt borligini aniqlagan. «Turkmengaz» davlat konserni tomonidan ötkazilgan tekşiruvda oltingugurtdan tozalanmagan gaz uşbu quvur orqali bir neça kun davomida Xitoyga yetkazilgani ma’lum bölgan.
Oltingugurt quvurlar uçun xavfli bölib, uni yemirib yuboradi. Oqibatda gaz sizib çiqiş holatlari yuz berişi mumkin.
Turkmen.news xabariga köra, tört kun davomida quvurning Özbekistondan ötuvçi 80 kilometr uzunlikdagi qismida gaz sizib çiqişi qayd etilgan. CNPC Turkmanistondan hodisaga munosabat bildirişni, aybdorlarni jazolaşni talab qilgan. Kelgusida Xitoy tovon pulini ham undirib olmoqçi.
Turkmaniston gazi Xitoyga 2009 yil 14 dekabrda rasman oçilgan «Markaziy Osiyo - Xitoy» gaz quvuri orqali yetkazib berilmoqda. Davlatlararo magistral Turkmaniston, Özbekiston, Qozoğiston (umumiy uzunligi 1900 km dan ortiq) va Xitoy (4500 km) hududidan ötadi. Markaziy Osiyodan kelayotgan gaz Xitoyning 22 viloyati va avtonom rayonlari aholisiga yetkazib berilmoqda.

















